Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand viloyati maktabgacha ta'lim boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
Samarqand viloyati maktabgacha ta'lim boshqarmasiga yangi rahbar tayinlangan. Bu haqda boshqarma axborot xizmati xabar bermoqda.
Jurayev Zaynitdin Tursunboyevich – viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
Zaynitdin Jo‘rayev 1968 yil Samarqand viloyati Payariq tumanida tug‘ilgan. Samarqand qishloq xo‘jalik institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini Samarqand viloyati Chelak tumani qishloq xo‘jalik bo‘limida moliyachi vazifasidan boshlagan.
Shuningdek, «Savdogarbank» Chelak bo‘limining kreditlash bo‘limi iqtisodchisi, bosh iqtisodchisi, Moliya vazirligining «Samarqand don» hissadorlik jamiyati bo‘yicha moliya inspektori, Payariq tumani hokimligi Moliya bo‘limi mudiri, Samarqand viloyati hokimligi Moliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat olib borgan.
Mavzuga oid
14:42 / 07.11.2025
Samarqand, Andijon, Qashqadaryo - MTT soni bo‘yicha yetakchi hududlar
18:05 / 24.10.2025
Ayrim oila farzandining nodavlat bog‘cha uchun to‘lovi bir qismi qoplab beriladi
11:40 / 10.09.2025
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
18:08 / 16.07.2025