Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand viloyatida doimiy aholi soni to‘rt millionga yaqinlashgani ma'lum qilindi
2021 yil 1 iyul holatiga ko‘ra Samarqand viloyatida doimiy aholi soni 4 millionga yaqinlashgan. Bu haqda viloyat statistika boshqarmasi Kun.uz’ga ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, 2021 yil 1 iyul holatiga kelib Samarqand viloyatida doimiy aholi soni 3 million 982 ming 400 kishini tashkil etmoqda. O‘tgan yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 3 million 909 ming 300 kishini tashkil qilgan. O‘tgan yil 1 iyuldan, joriy yil 1 iyulgacha viloyat aholisining soni qariyb 73 ming kishiga ko‘paygan.
Qayd etilishicha, ayni damda 3 million 982 ming 400 kishidan 1 million 469 ming 800 nafarini shahar aholisi, 2 million 512 ming 600 nafarini qishloq aholisi tashkil etmoqda.
Ta'kidlanishicha, 2021 yil yanvar-iyun oylarida viloyatda tirik tug‘ilgan chaqaloqlar soni 47,4 ming nafarni tashkil etgan. Joriy yil olti oy davomida viloyat bo‘ylab FHDYo bo‘limlarida 13,3 mingta nikoh qayd etilgan. 2 mingta ajralishlar ro‘yxatga olingan.
Mavzuga oid
13:08 / 09.12.2025
Otasini ta’minlashdan bo‘yin tovlagan o‘g‘il 15 sutkaga qamaldi
17:31 / 04.12.2025
Past Darg‘omda cho‘chqaxona egalari havoni ifloslab kelgani aniqlandi
17:53 / 25.11.2025
Adiz Boboyev Samarqand viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
14:21 / 25.11.2025