Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«PSJ» Messi bilan muzokaralar boshlagan, «Barselona» esa umidini uzgani yo‘q
«PSJ» «Barselona»ni erkin agent sifatida tark etgan hujumchi Lionel Messini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda.
Jurnalist Janluka Di Marsioning yozishicha, tomonlar allaqachon muzokaralarni boshlashgan va «PSJ» argentinalik futbolchini o‘z loyihasiga ishontirishga umid qilmoqda.
Kataloniyadagi RAC radiosining xabar berishicha, «Barselona» rahbariyati 34 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytirish umidini yo‘qotmagan. Klub vaziyatni o‘ta og‘ir deb hisoblaydi, ammo imkonsiz darajada emas. Endi direktorlar kengashi barcha narsani har tomonlama muhokama qilmoqchi. Prezident Joan Laporta esa tez orada vaziyat bo‘yicha tushuntirish berishi kutilmoqda.
Messining o‘zi esa «Barselona» bilan shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralar buzilishini kutmagandi. U klub bilan shartnoma uzaytirilishiga umid qilgan. Ta'kidlanishicha, vaziyat futbolchining ruhiy holatiga ta'sir qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 5 avgust kuni «Barselona» Messining jamoadan ketganini, tomonlar moliyaviy cheklovlar tufayli yangi shartnoma imzolay olishmaganini e'lon qildi.
Argentinalik futbolchining «ko‘k-anorranglilar» bilan shartnomasi iyun oyi oxirida tugagandi. U butun faoliyati davomida kataloniyaliklar tarkibida harakat qilgan. O‘tgan mavsumda La Ligada 35ta o‘yin o‘tkazib, 30ta gol va 9ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
Mavzuga oid
12:27 / 22.12.2025
«Barsa» qishki chempion, «MYu» yana yutqazdi. Kun o‘yinlari
22:17 / 16.12.2025
«PSJ» Mbappega 61 mln yevro tovon puli to‘laydi – sud qarori
22:11 / 14.12.2025
Saudiya shahzodasi "Barselona" klubini sotib olmoqchi
14:34 / 14.12.2025