Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
XDP yangi logotipga ega bo‘ldi
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 7 avgust kungi IV plenumida partiyaning yangi ramzi taqdim etildi.
Partiyaning yangi logotipi parallelogramm shaklida bo‘lib, binafsha va oq rangda aks ettirilgan, markazida “XDP” degan yozuv tushirilgan.
XDP markaziy kengashi raisi Ulug‘bek Inoyatov partiyaning yangi ramziga qisqacha ta'rif berdi.
“Ramzdagi binafsha rang – mehr-oqibat, saxovatlilik ramzi bo‘lib, yetakchilar, liderlar rangi hisoblanadi. Ushbu rang partiya o‘z elektorati vakillari manfaatini himoya qilishga, ularning orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarishga va qo‘llab-quvvatlashga doimo tayyor ekanligiga ishoradir.
Oq rang tinchlik-xotirjamlik, ijtimoiy birdamlik va barqarorlik kabi azaliy va ezgu g‘oyalarni ifodalaydi”, – dedi partiya raisi.

Eslatib o‘tamiz, XDPning IV plenumida partiya nomidan prezidentlik saylovida Maqsuda Vorisova nomzodi ilgari surilishi ma'lum qilingan.
Mavzuga oid
19:51 / 20.11.2025
XDP poytaxtda «pulli parkovka» narxlarini qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi
14:26 / 20.09.2025
XDP moped va skuterlar uchun guvohnomalarni kechiktirishga chaqirdi
16:11 / 12.06.2025
“Konstitutsiyaga zid tartib bekor qilinish kerak” - XDP taksichilar masalasida vazirni gilamga chaqirdi
12:00 / 25.10.2024