XDP prezidentlik saylovida Maqsuda Vorisova nomzodini ilgari suradi
O‘zbekiston prezidentlik saylovida Xalq demokratik partiyasi tomonidan Maqsuda Vorisova nomzod sifatida ishtirok etadi. Bungacha Ekopartiya, «Adolat» va «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi ham o‘z raisini prezidentlik saylovida nomzod sifatida tavsiya etgandi.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 7 avgust kungi IV plenumida 2021 yilgi prezidentlik saylovida Maqsuda Vorisovani nomzod sifatida ko‘rsatish masalasi muhokama qilindi.
Plenum davomida Maqsuda Vorisova nomzodi partiya qurultoyida nomzod sifatida ilgari surish taklifi bildirildi. So‘zga chiqqanlar bu taklifni bir ovozdan ma'qulladi.
M.Varisova 1961 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1984 yili Toshkent meditsina institutini tugatgan. Ko‘p yillar davomida sog‘liqni saqlash tizimida , shuningdek, Senat a'zosi sifatida faoliyat yuritgan. 2020 yildan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari.
O‘zbekiston prezidenti saylovi kampaniyasiga 23 iyul kuni start berildi. Saylovlarda 5 ta partiya – «Adolat» SDP, «Milliy tiklanish» DP, O‘zLiDeP, XDP va O‘zbekiston Ekologik partiyasi o‘z nomzodini ilgari surish huquqiga ega. Saylov 24 oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Qonunchilikka ko‘ra, partiya yuqori organi uning nomzodini ma'qullashi, Respublikadagi jami saylovchilarning kamida 1 foizi nomzodni qo‘llab-quvvatlab imzo qo‘yishi kerak bo‘ladi.
Bundan oldinroq, Ekopartiya prezidentlik saylovi uchun partiya raisi Narzulla Oblomurodov nomzodini, «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi partiya siyosiy kengashi raisi Bahrom Abduhalimov nomzodini, «Milliy tiklanish» partiyasi partiya rahbari Alisher Qodirov nomzodini tavsiya etgandi.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentdagi yana bir ko‘cha vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 19:12
-
Trampning maxsus vakili Putin bilan uchrashib, Rossiya-Ukraina urushini muhokama qiladi
Jahon | 19:10
-
MDH davlatlarida mashhur bloger EVOS brendi faoliyati haqida ko‘rsatuv tayyorladi
O‘zbekiston | 19:00
-
Rossiyada geroindan 5 ming barobar kuchliroq bo‘lgan yangi Xitoy giyohvand vositasi tarqaldi
Jahon | 18:48
Mavzuga oid

12:00 / 25.10.2024
Saylov yaqin, partiyalar nimalarni va’da qiladi? – Kun debati

12:00 / 24.10.2024
XDP: “Aholi xavfsizligi va manfaati uchun davlat ishtiroki kerak”

17:16 / 22.10.2024
“Obod yurt”da XDP saylovoldi targ‘iboti olib borilmoqda

12:00 / 22.10.2024