O‘zbekiston | 12:54 / 19.08.2021
8102
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Xitoyni mudofaa sanoati loyihalariga jalb qilmoqchi

O‘zbekiston Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi Xitoy texnologiyalarini qo‘shma loyihalarga jalb qilmoqchi.

Mudofaa sanoati bo‘yicha davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Xitoy Markaziy harbiy kengashi Qurol, harbiy texnika va texnologiyalarni rivojlantirish bosh boshqarmasi delegatsiyasining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi tashkillashtirildi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston-Xitoy tomoni mas'ul vakillari tomonidan qurol, harbiy texnika va texnologiyalar sohasida hamkorlik bo‘yicha mavjud va istiqbolli loyihalar, ularni amalga oshirish muddatlari hamda hamkorlik sohasini tizimli tartibda rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilinadi.

Ma'lum qilinishicha, tashrif davomida xorijiy delegatsiya vakillariga O‘zbekiston Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi tasarrufidagi mudofaa sanoati kompleksi korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan harbiy va ikki maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar namoyish etildi.

Mavzuga oid