Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda valuta ayriboshlash shoxobchasidagi 32 500 dollar talon-toroj qilindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tuman bo‘limi tomonidan “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, tekshiruv davomida bankning Sergeli filiali qoshidagi “O‘zgarish bank xizmatlari markazi” nazoratchi-kassiri va bosh mutaxassisi joriy yilning 14-17 iyul kunlari markazning valuta ayriboshlash shoxobchasidan o‘zlariga ishonib topshirilgan 32 500 AQSh dollarini olishga erishib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Shuningdek, nazoratchi-kassir o‘zlashtirgan mablag‘larining bir qismini “Lacetti” rusumli avtotransport vositasini sotib olish hamda yashash xonadonini ta'mirlash ishlariga sarflab, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarini legallashtirgani aytilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
09:02 / 30.12.2025
Toshkent shahar hokimining transport va yo‘l infratuzilmasi bo‘yicha o‘rinbosari tayinlandi
21:30 / 29.12.2025
2025 yil o‘zbek so‘mi uchun qanday o‘tdi?
12:40 / 26.12.2025
“Toshkent–Samarqand” yo‘nalishida yuqori tezlikdagi poyezdlar uchun yangi liniya quriladi
23:34 / 25.12.2025