Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G‘allaorolliklar elektr muammosidan qiynalishmoqda. Yangi transformatordan keyin ham muammo arimadi
Kun.uz tahririyatiga Jizzax viloyati G‘allaorol tumani «Do‘stlik» MFY Navbahor ko‘chasida istiqomat qiluvchi aholi vakillaridan murojaat kelib tushdi.
Mahallaning 72 xo‘jalik istiqomat qiluvchi bu qismida yashovchilarning o‘zlari hikoya qilib berishicha, ular elektr ta'minoti bilan bog‘liq muammolardan qiynalishmoqda. Ushbu hududda asosan yangi imorat ko‘targanlar yashashmoqda.
Bir paytlar elektr energiyasi sovuq fasllarda ko‘p o‘chaverganidan turli tashkilot va idoralarga, xalq qabulxonasiga murojaat qilaverishgach, mahallaga 2020 yilning noyabrida 160 kVA.lik quvvatga ega yangi transformator nimstansiyasi o‘rnatilgan.
Lekin shunga qaramasdan mahalla ahlining og‘iri yengil bo‘lgani yo‘q. To‘g‘ri, elektrning dam-badam uzilishiga birmuncha chek qo‘yilgan. Ammo mahallaning bosh ko‘chasida yo‘l yoqasidagi tadbirkorlar shu transformatorga ulanib, o‘z bizneslarini yo‘lga qo‘yishgan. Bu yerda turli sexlar, payvand apparati ishlatadigan temirchilik ustaxonalari bor.
«Kuchlanish ayrim vaqtlarda 120 voltgacha tushib qolmoqda. Kun davomida tok ko‘p o‘ynaydi, past baland bo‘lib. Maishiy texnikalarimiz, energiya tejamkor lampochkalarimiz ishdan chiqmoqda», deydi shu yerda istiqomat qiluvchi onaxonlardan biri.
Mahallada istiqomat qiluvchi yoshi katta otaxonlardan biri esa bu borada tegishli idoralarga, prokuraturaga ham murojaat qilib ko‘rishgani, murojaatlar natijasiz qolganini aytib o‘tdi.
Bu yerda yashovchilar bizni o‘z xonadonlariga taklif etib, stabilizatordagi elektr kuchlanishini ko‘rsatishdi. Darhaqiqat, me'yordagidan kam.
Xullas, mahalla ahlining talabi shunday: hududda tadbirkorlik sub'yektlari uchun alohida transformator nimstansiyasi ishga tushirilishi kerak. Yoki aholi uchun mo‘ljallangan trasformatorning kuchlanishi kattarog‘iga almashtirilishi lozim.
Mutasaddi idoralar, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJning Jizzax va G‘allaoroldagi bo‘limlari ushbu muammoni o‘rganib, o‘z munosabatini taqdim etadi, degan umiddamiz.
Shuhrat Shokirjonov, Kun.uz muxbiri,
Fotomuxbir: Jahongir Aliboyev.
Tavsiya etamiz
Alyaskadagi muzokaralar: Putin nima talab qiladi va Trampga nima kerak?
Jahon | 12:26 / 12.08.2025
Yil uchrashuvi: Alyaskada nima bo‘ladi?
Jahon | 20:43 / 11.08.2025
Ozarboyjon Ukrainaga 2 mln dollarlik yordam ajratdi
Jahon | 19:53 / 11.08.2025
«Paxtakor-79». To‘lagan Isoqov va Dmitriy Anning xotiralari
Sport | 15:53 / 11.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Telegraph: Tramp Rossiyaga Alyaskada minerallar qazib olishni taklif qilmoqchi
Jahon | 01:13
-
Ukraina Pokrovsk atrofidagi hududlardan aholini evakuatsiya qilishni boshladi – OAV
Jahon | 00:41
-
Jennifer Lopesning Qozog‘istondagi konsertlari mamlakatga 12 ming sayyohni olib kelgani aytildi
Jahon | 00:28
-
Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi
Ta’lim | 00:13
Mavzuga oid

08:02 / 10.07.2025
Ftiziatriya dispanserida 1,5 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

19:47 / 11.05.2025
Toshkentda elektr tarmoqlar korxonasining ikki xodimi 10 ming dollar bilan qo‘lga tushdi

09:17 / 14.04.2025
9 ta xonadon uchun transformator o‘rnatib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

12:18 / 24.04.2024