Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda YPX xizmat mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi
Toshkent shahrida yo‘l-patrul xizmatiga tegishli mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, bir kishi jarohat oldi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.
2022 yilning 4 mart kuni taxminan soat 23:00 larda Yakkasaroy tumani Kichik halqa avtomobil yo‘li hududida xizmat olib borayotgan YHXB YPX inspektori safdor A.Rahmatov «Spark» rusumli avtomashi haydovchisiga hushtak va jyezl orqali «to‘xtash» ishorasini bergan.
Qayd etilishicha, haydovchi YPX inspektorining qonuniy talablarini bajarmay, uning to‘xtash ishorasiga amal qilmasdan harakatni davom ettirib, yo‘l harakati qoidalarini buzgan, tezlikni belgilangan me’yordan oshirib, svetoforning taqiqlovchi ishorasiga rioya etmagan.
YPX inspektori o‘ziga biriktirilgan «Lasetti» rusumli xizmat avtomashinasida «Spark» avtomashinasini kuzatib borayotgan vaqtda, 1995 yilda tug‘ilgan M.M. boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli avtomashina bilan to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
To‘qnashuv natijasida ikkinchi «Lasetti» avtomashinasining yo‘lovchisi, 1997 yilda tug‘ilgan F.A. tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB rahbariyati nazorati ostida tekshiruv o‘tkazilmoqda. Shu bilan birga, «Spark» avtomashinasi haydovchisining qayerdaligini aniqlash choralari ko‘rilmoqda.
Mavzuga oid
14:14 / 28.12.2025
Qashqadaryodagi dahshatli avtobus halokati, 26 qurbon va 2 ming so‘m “pora” – sudlangan IIB xodimi 16 yildan so‘ng oqlandi
12:13 / 28.12.2025
Aqto‘bedagi halokatlar: sabablar nima?
15:38 / 22.12.2025
Farg‘onada ikki avtomobil to‘qnashishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
12:12 / 21.12.2025