O‘zbekiston | 07:26 / 07.03.2022
7683
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdan Yekaterinburgga qo‘shimcha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilmoqda

2022 yil 13 va 20 martda Uzbekistan Airways AJ Toshkent – Yekaterinburg – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha aviaqatnovlarni amalga oshiradi.

Foto: Kun.uz

Aviakompaniya xabariga ko‘ra, Toshkentdan uchish soat 19:00 ga (Toshkent vaqti bilan), Yekaterinburgga yetib borish soat 22:00 ga (Yekaterinburg vaqti bilan), Yekaterinburgdan uchish soat 23:40 ga (Yekaterinburg vaqti bilan), Toshkentga yetib borish soat 02:30 ga (Toshkent vaqti bilan) rejalashtirilgan.

Toshkent – Yekaterinburg yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta narxi 2 593 810 so‘mdan (bagajsiz) va 2 966 363 so‘mdan (bagaj bilan), Yekaterinburg – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha esa 25 429 rubldan (bagajsiz) va 29 409 rubldan (bagaj bilan) boshlanadi.

Bundan oldin Uzbekistan Airways Rossiya shaharlariga parvozlar jadvali va yo‘nalishini o‘zgartirgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid