Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Daraxtlarni qonunga xilof ravishda kesganlik uchun jarima miqdorini oshirish rejalashtirilmoqda
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Foto: Kun.uz
Parlament saytida yozilishicha, fraksiya a’zolari tomonidan “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi atroflicha muhokama qilindi.
Qayd etilganidek, ayrim shaxslar tomonidan o‘simlik dunyosi obektlariga tajovuzkor harakatlari, shu jumladan, daraxtlarni noqonuniy kesish bilan bog‘liq holatlar kuzatilmoqda va bu umumekologik vaziyat yomonlashishiga va jamoatchilik haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda. Shundan kelib chiqib qonun loyihasi ishlab chiqildi.
Qonun loyihasi bilan daraxt va butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesganlik, kundakov qilganlik, shikastlantirganlik, yo‘q qilganlik yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazganlik uchun jarima miqdorlarini oshirish belgilanmoqda.
Shuningdek, ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan huquqbuzarlik uchun o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olish choralarini belgilash ko‘zda tutilmoqda.
Muhokamalardan so‘ng qonun loyihasi deputatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Mavzuga oid
10:44 / 18.12.2025
Rossiyada 31 o‘zbekistonlik talabaga qo‘yilgan jarima bekor qilindi
10:55 / 13.11.2025
Toshkent shahri va viloyatida atmosferaga zarar yetkazayotgan 100 dan ortiq xo‘jalik faoliyati to‘xtatildi
14:47 / 10.11.2025
Markaziy bank 18 ta bankni 102 mln so‘mdan jarimaga tortdi
11:32 / 03.11.2025