Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda tez tibbiy yordam mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
"Vaz-2106" mashinasi tez tibbiy yordam mashinasining yon tomonidan kelib urgan.
Foto: Samarqand viloyat IIB axborot xizmati
Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 17 iyun kuni Samarqand shahridagi Buyuk Ipak Yo‘li hamda Narpay ko‘chalari chorrahasida "Vaz-2106" hamda Toyota rusumli tez tibbiy yordam mashinalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Ma’lum bo‘lishicha, "Vaz-2106" mashinasi tez tibbiy yordam mashinasining yon tomonidan kelib urgan. Hodisa sodir bo‘lgan vaqtda tez tibbiy yordam mashinasi ichida bemorlar bo‘lmagan.
Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Faqat mashinalarga shikast yetgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
15:38 / 22.12.2025
Farg‘onada ikki avtomobil to‘qnashishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
12:12 / 21.12.2025
Toshkentda avtobus haydovchisi o‘z ehtiyotsizligi oqibatida halok bo‘ldi
14:23 / 20.12.2025
Qoraqalpog‘istonda ikki mashina to‘qnashuvi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
12:10 / 20.12.2025