Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi
Abituriyentlar uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi. Bu haqda Yagona portal xabar bermoqda.
Foto: Kun.uz
2022-2023-o‘quv yili uchun maqsadli qabul parametrlari va qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti my.gov.uz’ga ham joylashtirildi.
Endilikda abituriyentlar «Abituriyentni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish» xizmati orqali fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlashlari mumkin.
Talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish joriy yil 20 iyuliga qadar (20 iyul kuni ham) davom etadi. Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatga olish esa 10 iyulga qadar (10 iyul kuni ham) amalga oshiriladi.
Belgilangan muddat ichida abituriyentlar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikat olganlar, sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritishi mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
07:47 / 23.12.2025
Eng tarqalgan tillar: 30 yildagi o‘zgarishlar infografikada
07:20 / 24.11.2025
2430 ta til tahlili grammatik o‘xshashlik va farqlarni ko‘rsatdi
14:48 / 10.11.2025
Endilikda sog‘liqni saqlash rahbarlarining kunlik qabuli mahallada o‘tkaziladi
16:00 / 18.10.2025