07:11 / 26.07.2022
2854

Chet tilidan ijodiy imtihonning 1-bosqichi yakunlandi

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihonning 1-bosqichi yakunlandi. Bu haqda Davlat test markazi xabar bermoqda.

Foto: DTM

2022 yil 25 iyul kuni oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihonlarning uchinchi kuni bo‘lib o‘tdi.

Bunda bugun imtihon yozma qismida ishtirok etishi belgilangan abituriyentlarning tinglab tushunish, o‘qish va yozish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi va uch kun davom etgan chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihonning 1-bosqichi yakunlandi.

Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari davom ettirilib, 24 iyul kuni imtihonning yozma qismida ishtirok etgan abituriyentlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari o‘tkazildi.

Ma’lum qilinishicha, imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

Top