21:28 / 26.07.2022
10091

Mark Tsukerberg San-Fransiskodagi uyini 31 mln dollarga sotdi 

Tsukerberg va uning xotini Prissilla Chan bu uyni 2012 yilda 10 mln dollarga sotib olgan. 

Foto: Daily Mail

Amerikalik milliarder va Meta asoschisi Mark Tsukerberg San-Fransiskodagi uyini 31 mln dollarga sotdi. Bu haqda Mansion Global xabar berdi.

Maydoni 7386 kvadrat fut (686 kvadrat metr) bo‘lgan uy 1928 yilda qurilgan. U San-Fransiskoning Mishn va Dolores-Hayts rayonlari chetida joylashgan.

Xabarda aytilishicha, Tsukerberg va uning xotini Prissilla Chan bu uyni 2012 yilda 10 mln dollarga sotib olgan.

Tsukerbergning uyini sotib olgan xaridorning kimligi noma’lum, u Delaver shtatida yashashi aytilmoqda. 

Mansion Global nashrining yozishicha, Tsukerberg 2021 yilda Kremniy vodiysidagi uyini 5,3 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan. Biroq sotuvga qo‘yilganidan bir necha hafta o‘tgach, uyning narxi tushib ketgan. Joriy yilning iyulida uy sotuvdan olingan va hozirda oyiga 11 ming dollar evaziga ijaraga berilgan. 

Mavzuga oid
Top