21:19 / 12.08.2022
15520

Nyu-Yorkda yozuvchi Salmon Rushdiyga hujum uyushtirildi

Salmon Rushdi 1980-yillarda shia musulmonlarining g‘azabiga uchragan. Eron diniy rahnamosi oyatullo Humayniy Rushdiyni o‘ldirishga fatvo bergan.

Foto: AP / Joshua Goodman

Nyu-Yorkda kelib chiqishi hindistonlik bo‘lgan britaniyalik yozuvchi Salmon Rushdiy hujumga uchradi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Rushdiy Chautauqua institutida ma’ruza qilishi kerak bo‘lgan. Ma’ruza oldidan noma’lum shaxs sahnaga yugurib chiqqan va Rushdiyni do‘pposlay boshlagan. U qo‘lga olingan.

Rushdiy Hindistonning Mumbay shahrida tug‘ilgan. U 1980-yillarda «Shayton suralari» romanini yozganidan so‘ng shia musulmonlarining g‘azabiga uchragan. Eron diniy rahnamosi oyatullo Humayniy Salmon Rushdiyni o‘ldirishga fatvo bergan.

Yozuvchi 2016 yilda AQSh fuqaroligini olgan.

Rushdiy 1981 yilda «Yarim tun bolalari» asari uchun Buker mukofotini olgan.

Mavzuga oid
Top