09:06 / 20.08.2022
7030

O‘zbekistonga Xitoydan olib kelingan telefonlar soni 1 milliondan oshdi

O‘zbekistonga 2022 yil yanvar-iyul oylarida xorijdan qiymati 102,8 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 1 508 602 dona mobil telefon import qilingan.

Foto: Jason Lee / Reuters

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, telefon importi 2021 yil mos davri bilan solishtirilganda 92  950 donaga oshgan. 
 
O‘zbekiston 11 ta davlatdan telefon import qilgan. O‘zbekiston 7 oy mobaynida mobil telefonlarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:

  • Xitoy – 1,1 mln. dona;
  • BAA – 149 ming  dona;
  • Vetnam – 142 ming dona;
  • Hindiston – 101 ming dona;
  • Qozog‘iston – 10,3 ming dona;
  • Koreya – 2,1 ming dona.

Oylar kesimida telefon importi:

  • yanvar – 129 766 dona;
  • fevral – 284 461 dona;
  • mart – 286 056 dona;
  • aprel – 276 362 dona;
  • may – 124 393 dona;
  • iyun – 229 872 dona;
  • iyul – 177 692 dona.
Mavzuga oid
Top