Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senat raisi BMTning mintaqaviy direktori Gvi Yyeop Son bilan uchrashdi
Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari va istiqbollarini muhokama qildilar.
Foto: Senat axborot xizmati
25 avgust kuni Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva O‘zbekistonga tashrif buyurgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha taraqqiyotni muvofiqlashtirish byurosi mintaqaviy direktori Gvi Yyeop Son xonim bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari va istiqbollarini muhokama qildilar, rivojlanishning ko‘plab sohalaridagi, jumladan, 2030 yilgacha bo‘lgan davrda BMT Global kun tartibining Barqaror rivojlanish maqsadlarini (BRM) amalga oshirishdagi konstruktiv hamkorlikni yuqori baholadilar.
Senat raisi mehmonni O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yaxshi qo‘shnichilik aloqalari, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash doirasida yaratilayotgan shart-sharoitlar, inson huquqlarini himoya qilish, odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish, qonunchilikni takomillashtirish borasida olib borilayotgan ishlar va natijalar bilan yaqindan tanishtirdi.
Xususan, Barqaror rivojlanish maqsadlarini hayotga tatbiq etish bo‘yicha parlament nazorati mexanizmining ijobiy amaliyoti yo‘lga qo‘yilgani, 16 ta yo‘nalish bo‘yicha xalqaro standartlarni inobatga olgan holda milliy qonunchilik va tashkiliy-huquqiy bazani mustahkamlash, institutsional asoslarni rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilayotgani aytib o‘tildi.
O‘z navbatida, Gvi Yyeop Son xonim samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirib, Global kun tartibidagi Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda O‘zbekistonning sayi-harakatlarini e’tirof etdi.
Konstruktiv va amaliy ruhda kechgan muloqotda xavfsizlik, barqaror rivojlanish, inson huquqlarini himoya qilish va rag‘batlantirish, shuningdek, tinchlikni mustahkamlash borasidagi global muammolarni hal etishga qaratilgan hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.
Mavzuga oid
18:54 / 06.12.2025
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bilan hamkorlikda qator loyihalar amalga oshiriladi
12:51 / 05.12.2025
«Haqiqat bo‘lishiga juda kuchli asoslar bor» – BMT bosh kotibi G‘azodagi urush jinoyatlari haqida
08:04 / 04.12.2025
AQSh BMTning ukrainalik bolalarni qaytarish to‘g‘risidagi rezolyutsiyasini qo‘llab-quvvatladi
21:24 / 03.12.2025