Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 15 mingdan ortiq qalbaki dollar musodara qilindi
Toshkent shahar IIBB jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan qalbaki pullar bilan bog‘liq holatga chek qo‘yildi.
Foto: IIBB axborot xizmati
Yunusobod tumani IIO FMBdan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yil 4 avgust kuni B.E. ismli shaxs qo‘lga olingan. Toshkent shahar IIBB JQB xodimlari tomonidan uning «Spark» avtomobili salonidan qalbaki 15 762 AQSh dollari topilib, olib qo‘yilgan.
Mazkur kupyuralar haqiqiyligini aniqlash uchun Toshkent shahar IIBB EKMga topshirildi. O‘tkazilgan ekspertiza xulosasiga ko‘ra, 157 dona 100 AQSh dollari, 7 dona 10 AQSh dollari va 2 dona 1 AQSh dollari qiymatidagi kupyuralar qalbaki usulda tayyorlangani aniqlangan.
Ekspertiza xulosasi qalbaki pullarni sotishda gumon qilingan shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rish uchun Yunusobod tumani IIO FMB tergov bo‘limiga yuborilgan.
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksi 176-moddasi 3-qismi («Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda ushbu jinoyatga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash maqsadida tezkor-tergov tadbirlar olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:06 / 18.02.2026
Toshkentda qalbaki dori va biologik qo‘shimcha ishlab chiqargan sex aniqlandi
23:07 / 17.02.2026
Toshkentda farzandini 7-qavatdan chiqargan ayolning ruhiy holati tekshiriladi
20:20 / 17.02.2026
Toshkentda yuz bergan yong‘inda ayol va ikki bola halok bo‘ldi
11:56 / 17.02.2026