O‘zbekiston | 11:42 / 19.09.2022
9296
1 daqiqa o‘qiladi

Hafta davomida quruq va biroz issiq ob-havo kutilmoqda

Bugun va hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha barqaror harorat fonida quruq va biroz issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. 

Foto: Kun.uz

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, ushbu kunlarda harorat asosan kechalari 13-18 daraja iliq, kunduz kunlari 29-34 daraja issiq atrofida bo‘ladi. 

Qayd etilishicha, bu - sentabr oyining ushbu kunlari uchun o‘rtacha ko‘p yillik harorat qiymatlaridan biroz yuqori.

Faqat respublikaning tog‘li hududlarida 21 sentabr, chorshanba kuni ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid