O‘zbekiston | 14:46 / 03.10.2022
8836
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Vengriyaga jo‘nab ketdi 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Vengriya tomonining taklifiga binoan, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3 oktabr kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tashrif dasturiga muvofiq Budapesht shahrida Vengriya prezidenti Katalina Novak bilan uchrashuv va bosh vazir Viktor Orban bilan muzokaralar rejalashtirilgan.

Qayd etilishicha, muloqotlarda strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va ustuvor sohalarda ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashiladi.

Prezident Vengriyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan ham uchrashuv o‘tkazadi.

Rasmiy tashrif munosabati bilan ayni paytda mamlakat poytaxti Budapesht ko‘chalari O‘zbekiston va Vengriya bayroqlari bilan bezatilgan.

Foto: Prezident administratsiyasi
Foto: Prezident administratsiyasi
Foto: Prezident administratsiyasi
Foto: Prezident administratsiyasi
Foto: Prezident administratsiyasi
Foto: Prezident administratsiyasi
Foto: Prezident administratsiyasi
Foto: Prezident administratsiyasi

Mavzuga oid