Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Rossiya Ukraina uchun og‘ir qurollarning asosiy «yetkazib beruvchi»siga aylandi
Rossiya armiyasi Ukraina uchun eng yirik og‘ir qurol «yetkazib beruvchi»ga aylandi. Bu haqda Amerikaning The Wall Street Journal gazetasi Ukraina armiyasi ma’lumotlari va Oryx tahlilchilari ochiq manbalaridan olingan ma’lumotlarga tayanib xabar berdi.
Foto: RUSSIAN MOD
Oryx ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlari Rossiyaning 460 ta asosiy jangovar tankini, 92 ta o‘ziyurar gaubitsasini, 448 ta piyoda askarlari mashinasini, 195 ta zirhli jangovar texnikasini va 44 ta yalpi o‘t ochish reaktiv tizimini qo‘lga kiritgan.
Ukraina tomonidan musodara qilingan Rossiya uskunalarining haqiqiy soni bundan ham ko‘proq bo‘lishi mumkin, deb ta’kidlaydi WSJ.
Nashrning qayd etishicha, Rossiya Federatsiyasining Xarkiv oblastida chekinishi vaqtida Ukraina armiyasiga katta miqdordagi texnika o‘tgan, bu vaqtda rus qo‘shinlari og‘ir qurol va o‘q-dorilar omborlarini tashlab ketgan.
Shu bilan birga, tahlilchilarga ko‘ra, Rossiya fevral oyidan buyon Ukrainaning 109 ta tanki, 15 ta o‘ziyurar artilleriya majmuasi va 63 ta piyoda jangovar mashinasini qo‘lga kiritgan.
Bundan oldin Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiyada Ukraina Qurolli kuchlarining bo‘lajak kichik qo‘mondonlarini tayyorlash boshlangandi.
Kurs yetakchilik, psixologik, uslubiy, jangovar, texnik va taktik tayyorgarlik, shuningdek, xalqaro gumanitar huquq bo‘yicha darslarni o‘z ichiga oladi, deyiladi Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi bayonotida.
Mahkamaning aniqlik kiritishicha, ushbu kurs «Ukraina serjantlar tayyorlash dasturi asosida Ukraina Qurolli kuchlarining jangovar tajribasini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan».
Qayd etilishicha, undan o‘tganlar Ukraina qurolli kuchlarining turli bo‘linmalarida harbiy qismlar otryad komandirlari lavozimlariga tayinlanadilar.
Mavzuga oid
17:55
Ukrainada sulh va saylov ehtimoli ortmoqda - siyosatshunoslar
14:30
Nemis biznesi Ukrainaga yordamni Germaniya buyurtmalari bilan bog‘lamoqchi
12:24
Germaniya Ukrainaga investitsiya kiritish bo‘yicha yangi dasturni boshlayapti
11:55