Kurs yetakçilik, psixologik, uslubiy, jangovar, texnik va taktik tayyorgarlik, şuningdek, xalqaro gumanitar huquq böyiça darslarni öz içiga oladi, deyiladi Ukraina Qurolli kuçlari Boş ştabi bayonotida. 

Mahkamaning aniqlik kiritişiça, uşbu kurs «Ukraina serjantlar tayyorlaş dasturi asosida Ukraina Qurolli kuçlarining jangovar tajribasini hisobga olgan holda işlab çiqilgan». 

Qayd etilişiça, undan ötganlar Ukraina qurolli kuçlarining turli bölinmalarida harbiy qismlar otryad komandirlari lavozimlariga tayinlanadilar.

Bundan oldin AQŞ Ukrainaga yangi harbiy yordam paketini e’lon qilgandi.

Pentagon ma’lumotlariga köra, yangi harbiy yordam paketiga, xususan, HIMARS yalpi öt oçiş reaktiv tizimlari uçun «qöşimça» öq-dorilar, 36 000 ta 105 millimetrli artilleriya snaryadlari va 1000 ta aniq boşqariladigan 155 millimetrli artilleriya snaryadlari kiritilgan. 

Bundan taşqari, Qöşma Ştatlar Kiyevga törtta artilleriyaga qarşi radar, oğir texnikani taşiş uçun yuk maşinalari va tirkamalar, UUAga qarşi tizimlar, minalardan tozalaş uskunalari, Claymore piyodalarga qarşi öq-dorilari, portlovçi moddalar, öqotar qurollar va ular uçun patronlar, tungi köriş moslamalari, sovuq harorat uçun kiyim-boşlar va boşqa dala jihozlarini yetkazib beradi. 

Rossiyaning Ukrainaga harbiy bostirib kirişi boşlanganidan beri Vaşington Kiyevga xavfsizlik uçun yordam sifatida taxminan 15,1 milliard dollar yönaltirdi.