Jahon | 18:28 / 21.10.2022
21273
1 daqiqa o‘qiladi
AQSh va Rossiya mudofaa vazirlari telefonda gaplashdi
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu hamda AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy sahifasida xabar berildi.
Manbada aytilishicha, tomonlar xalqaro xavfsizlik masalasida aktual mavzular, xususan, Ukraina haqida gaplashgan.
Pentagon rahbari Lloyd va Rossiya mudofaa vaziri Shoygu urush boshlangandan buyon ikkinchi marta telefon orqali muloqot qildi. Oxirgi marta ular may oyida gaplashgan, o‘shanda Rossiya mudofaa vazirligi telefon suhbati AQSh tomonining tashabbusi bilan amalga oshirilganiga urg‘u bergandi. Bu gal esa qo‘ng‘iroq kim tomonidan amalga oshirilgani aniq emas.
Mavzuga oid
00:29
AQSh Kongressi Trampning prezidentlik saylovidagi g‘alabasini tasdiqladi
18:58 / 06.01.2025
Politico 2025 yil uchun «qora oqqushlar» ro‘yxatini tuzdi
18:42 / 06.01.2025
Bayden AQSh qirg‘oqlari yaqinida dengizda neft va gaz burg‘ulashni rasman taqiqladi
17:42 / 06.01.2025