11:48 / 03.11.2022
4652

O‘zbekistonliklar yanvar-sentabrda qo‘shni davlatlarga eng ko‘p sayohat qilgan

Joriy yil 1 oktabr holatiga ko‘ra, yil boshidan buyon O‘zbekistonning 3,9 million aholisi turizm maqsadida xorijiy davlatlarga borgan.

Foto: Getty images

O‘zbekistonliklar eng ko‘p sayohat qilgan davlatlar qatorida Qirg‘iziston (1,877 million kishi), Qozog‘iston (774,1 ming), Tojikiston (535,1 ming kishi), Turkiya (239,1 ming kishi) va Rossiya (195,7 ming kishi) qayd etilgan.

Shuningdek, fuqarolar BAA, Saudiya Arabistoni, Misr, Janubiy Koreya, AQSh, Hindiston va Gruziyaga ko‘p sayohat qilgan.

 

Top