Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina elchixonalariga yana shubhali konvertlar yuborildi
Barcha konvertlar Germaniyadan jo‘natilgan, ularni kim jo‘natganini aniqlab bo‘lmayapti.
Foto: AP
Ukraina elchixonalari shubhali konvertlarni olishda davom etmoqda. 15 ta davlatdagi diplomatlar allaqachon tahdidlarga duch kelgan, deb xabar berdi Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina elchixonalari va konsulliklarida bir haftadan beri xavfsizlik choralari kuchaytirilgan, shubhali jo‘natmalar kelib tushgan taqdirda politsiya, kinologlar, pirotexniklar va sud-tibbiyot ekspertlari chaqirilmoqda.
«Oxirgi ikki kun ichida Italiya, Polsha, Portugaliya, Ruminiya va Daniyadagi elchixonalarga, shuningdek, Gdanskdagi konsullikka shubhali paketlar kelib tushdi. 15 ta davlatda 31 ta holat qayd etilgan: Avstriya (1), Vatikan (1), Daniya (1), Ispaniya (5), Italiya (4), Qozog‘iston (1), Niderlandiya (1), Polsha (6) , Portugaliya (2), Ruminiya (2), AQSh (1), Vengriya (2), Fransiya (1), Xorvatiya (1) va Chexiya (2)», dedi Kuleba.
Mulozim so‘zlariga ko‘ra, barcha konvertlar bir xil manzildan yuborilgan: Germaniyaning Zindelfingen shahridagi Tesla avtosalonidan. Shu bilan birga, konvertlar videokuzatuv moslamalari bilan jihozlanmagan pochta bo‘limlaridan yuborilmoqda. Jo‘natmalarda DNK izlari yo‘q. Bu jarayonni professionallar boshqarayotganidan dalolat beradi, dedi vazir. U sodir bo‘layotgan voqealarni «Ukraina diplomatlariga qarshi terror kampaniyasi» deb atadi.
«Tarixda bir davlatning ko‘plab elchixonalari va konsulliklari qisqa vaqt ichida bunday ommaviy hujumlarga uchraganini eslay olmayman», dedi Kuleba.
1 dekabr kuni Ispaniyada huquq-tartibot idoralari xodimlari oltita bomba jo‘natmasini topgani ma’lum bo‘ldi. Ular Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches, Mudofaa vazirligi, Madrid yaqinidagi Torrexon-de-Ardos aviabazasi, Ukraina elchisi, Saragosa qurolsozlik kompaniyasi, shuningdek, Madriddagi AQSh elchixonasiga yuborilgan. Ukraina elchisiga yuborilgan jo‘natma portlab ketib, elchixona xodimini yaralagan edi.
Mavzuga oid
14:06
Politico: Rossiya Ukrainaga ZAES elektr energiyasini bo‘lishni taklif qildi
12:03
Germaniyada Abu-Dabi uchrashuvi natijalariga shubha bilan qaraldi
10:37
Yuzlab dronlar va aviabombalar: Zelenskiy - Rossiyaning bir haftalik zarbalari haqida
09:01