Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston aholisi 36 milliondan oshdi
2022 yil 8 dekabr holatiga doimiy aholi soni 36 milliondan oshdi.
Davlat statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 2022 yil 8 dekabr holatiga doimiy aholi soni 36 millionga yetgan.

9 dekabr holatiga, aholi soni 36 mln 1 ming 831 nafarni tashkil etmoqda. Shundan erkaklar 18,1 mln kishi, ayollar 17,9 mln kishiga yetgan.

Qayd qilish joizki, O‘zbekiston aholisining 35 milliondan 36 millionga yetishi uchun 1 yildan sal ko‘proq vaqt ketdi. 2021 yil sentabr oyida O‘zbekiston aholisi 35 millionga yetgan edi.
O‘zbekiston aholi soni bo‘yicha dunyo mamlakatlari orasida 41-o‘rinda qayd etilgan.
Mavzuga oid
19:32
Kishi boshiga tabiiy boyliklar: Saudiyada 1 mln, Rossiyada 520 ming dollar. O‘zbekistonda-chi?
18:58 / 14.12.2025
O‘zbekistonda AQSh kompaniyalari bilan birgalikda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarilishi mumkin
21:04 / 13.12.2025
Vetnam O‘zbekiston bilan strategik sheriklikni chuqurlashtirishga tayyorligini tasdiqladi
21:45 / 08.12.2025