IIV, “Özbekneftgaz”, Davaktiv va soliq mansabdorlari tergovda: korrupsion sxemalar foş etilyapti. Içki işlar tizimi servis tuzilmasiga aylanadi: prezident “ilğor politsiya” modelini anons qildi. AES qurilişi keçiktiriladimi: şunday ehtimol paydo bölişi bilanoq “Rosatom” rahbari Toşkentga uçib keldi va “muddatlarga rioya qiliş”ga çaqirdi. Haftaning şu va boşqa muhim voqealari – Kun.uz dayjestida.
Bahodir Siddiqov va Akmalxon Ortiqov – tergovda
“Milliard-milliard sömlik talon-torojliklar”. Prezident Şavkat Mirziyoyev ikkita taşkilotda aniqlangan korrupsiya kölamini ana şunday ta’rifladi. Bu ikki taşkilot – “Özbekneftgaz” kompaniyasi va Davlat aktivlarini boşqariş agentligi. Davlat rahbariga köra, hozir ularda “katta taftiş” ketyapti.
Ma’lum bölişiça, Davaktiv mansabdorlari bozor narxi kamida 250 mlrd sömlik yer uçastkasini yopiq auksionga qöyib, 120 mlrd sömga sotib yuborgan. Şu sababli agentlik direktori Akmalxon Ortiqov işdan olingan.
Şavkat Mirziyoyev seşanba kungi yiğilişda bu haqda gapirarkan, bir savolni örtaga taşladi: “Uşbu idoralarda yillar davomida korrupsiya avj olgan bölsa, ularga Xavfsizlikdan qöyilgan vakillar qayerga qaragan?”
Prezident DXX raisiga yuzlanib, “Özbekneftgaz” va Davlat aktivlarini boşqariş agentligi uçun mas’ul kuratorlarning javobgarligini körib çiqişni buyurdi. Tergov guruhi esa “barça korrupsiyaviy sxemalarni foş qiliş” topşiriğini oldi.
“Sotilgan davlat mulklari böyiça har bir holatni sinçkovlik bilan tekşirib, barça korrupsiyaviy sxemalarni foş qilsin va jazo muqarrarligini ta’minlasin”, – dedi davlat rahbari.

Davaktivdagi sxemalardan biri yopiq auksion ekani oçiqlangan bölsa, “Özbekneftgaz”dagi qinğirliklar haqida hozirça heç narsa ma’lum emas. Kompaniyani 2023 yildan beri boşqarib kelgan Bahodir Siddiqov ötgan yili prezidentning energetika böyiça vakili Alişer Sultonov bilan bir vaqtda işdan olingan edi. Kun.uz manbasiga köra, keyinçalik Siddiqov jinoyat işi doirasida ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingan.
Ayni paytda Akmalxon Ortiqov ham qamoqqa olingani haqida tasdiqlanmagan xabarlar bor. U Davlat aktivlarini boşqariş agentligini 5 yildan beri boşqarib kelayotgan edi. Idora şu yillar davomida tuzilgan bir qator yopiq va şubhali xususiylaştiriş bitimlari haqida jamoatçilikka izoh bermagani sabab, doimiy ravişda tanqidlar nişoniga aylanib qolgandi.
IIVning sobiq mulozimlari ham qamoqda
Katta lavozimda ötirganlarning qamalişi bilan boğliq holatlar Içki işlar vazirligida ham bor. Kun.uz manbasiga köra, vazirning sobiq örinbosari general-mayor Bekmurod Abdullayev va Jazoni ijro etiş departamenti sobiq boşliği Rustam Tursunov ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingan. Ular ötgan yili noyabr oyida işdan olingan edi.
Şavkat Mirziyoyevning nutqidan ma’lum bölişiça, Abdullayev va Tursunov – bitta jinoyat işining figurantlari. Bu jinoyat işi doirasida davlat xaridlari orqali 186 mlrd söm özlaştirilgani aniqlangan. “Daryo” naşrining manbasiga köra, jinoiy sxema doirasida Toşkent şahri va viloyatlar markazlariga örnatilayotgan “aqlli” svetoforlar va boşqa yöl uskunalari göyoki xorijdan import qilingan deb körsatilib, aslida mahalliy mahsulotlar ötkazilgan.

Keng miqyosdagi yana bir korrupsion jinoyat Adliya vazirligi tizimida röy bergan. Boş prokuratura xabariga köra, davlat xizmatlari markazlari xodimlari 8 ta viloyatda 1200 dan ortiq odamga soxta haydovçilik guvohnomalarini rasmiylaştirib bergan. Bu işda gumon qilinayotgan davlat xizmatçilari soni qançaligi hozirça ma’lum emas. Şunisi ma’lumki, ular bergan soxta guvohnoma bilan rulga ötirganlar kamida 9 ta avariyaga sababçi bölib, 3 kişining umriga zomin bölgan, yana 6 kişi jarohatlangan. Avvalroq bu iş doirasida soxta guvohnomani sotib olgan fuqarolarni ham javobgarlikka tortiş masalasi körib çiqilayotgani xabar qilingandi.
Hafta davomida, şuningdek, Toşkent viloyati hokimligining “Yagona buyurtmaçi xizmati” direktori örinbosari quruvçi kompaniyadan 7 ming dollar pora olgani, Toşkent viloyatidagi tumanlardan birining ekologiya bölimi boşliği esa köp yillik daraxtlarni kesişga ruxsat beriş evaziga 3 ming dollar olgani ma’lum böldi.
Korrupsiyaga qarşi yangi tizim
2026 yildan boşlab korrupsiyaga qarşi kuraşiş uçun yangi vertikal nazorat tizimi joriy etildi. Bu tizim haqida davlat rahbari dekabr oyidagi murojaatnomasida e’lon qilgandi. Unga köra, barça davlat idoralarida rahbarning komplayens va korrupsiyaga qarşi içki nazoratga mas’ul örinbosari lavozimi kiritilyapti. Bu lavozim egasi Prezident administratsiyasiga böysunadi; oddiy qilib aytganda, Administratsiyaning “kuratori” vazifasini bajaradi.
Şu sababdan bölsa kerak, dastlabki tayinlovlar orasida Administratsiya xodimlari salmoqli örin egallayapti: bu dargohning 4 nafar mulozimi bu hafta hukumatdagi amaldorlarga komplayens böyiça yo maslahatçi, yo örinbosar etib tayinlandi. Ularning faoliyatini Administratsiyaning komplayens xizmati boşliği Erkin Yöldoşev nazorat qiladi.
Şu tariqa, endi har qanaqa davlat idorasi rahbari – bu vazir böladimi, hokimmi yoki gigant kompaniya raisimi – farqi yöq, komplayensga mas’ul örinbosarga ega böladi va öşa örinbosariga ham, u boşqaradigan içki nazorat bölinmasiga ham “tişi ötmaydi”. Dekabr oyidagi prezident farmoniga asosan, bu bölinma rahbari va xodimlariga nisbatan samaradorlik körsatkiçlari, ya’ni KPI qöllanilmaydi; ularga KPI'ga boğlangan ustamalar maksimal miqdorda tölanadi. Içki nazorat bölinmalari faoliyatini taşkil etişda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi ham faol iştirok etadi va taşkilot rahbarlari agentlik direktoridan rozilik olmay turib, bölinma xodimlarini intizomiy javobgarlikka torta olmaydi.
Politsiya?

Prezident huzurida ötgan seşanba kungi yiğiliş asosan Içki işlar vazirligi faoliyatiga oid edi. Yiğilişda Şavkat Mirziyoyev sohada “yangi tarixni boşlab beradigan” qarorlar qabul qiliş vaqti kelganini aytarkan, ilğor xorij tajribasidagi politsiya haqida gapirdi.
“Hozir içki işlar patrul-post, yöl-patrul, profilaktika, tezkor-qidiruv va qöriqlaş xizmatlari alohida-alohida işlamoqda. Şuning uçun ham çorrahada turgan yöl-patrul xodimi janjallaşayotgan ikki odamni ajratişni öz xizmat vazifasi deb hisoblamaydi. Qöriqlaş xizmati xodimining esa binodan taşqarida taqiqlaş belgisi ostida qoldirib ketilgan maşina bilan işi yöq. Patrul-post maşinasida xizmat ötayotgan xodim svetofor işlamayotgan çorrahadan oddiy haydovçilar qatorida befarq ötib ketadi.
Ilğor tajribada bu tuzilmalar yagona organizm sifatida işlaydi, politsiya “Bu mening vazifamga kiradi, bunisi kirmaydi” degan gapni aytmaydi. Har bir holatga “labbay” deb javob bergani uçun ham aholi ularni himoyaçisi deb biladi”, – dedi prezident.
Ma’lum bölişiça, içki işlar organlarining aholi bilan bevosita işlaydigan tarqoq tuzilmalarini yangi tizimga ötkaziş böyiça farmon loyihasi tayyorlanyapti. Bu farmon asosida içki işlar organida xizmatni ötaş, muomala madaniyati, tezkor harakatlaniş, kuç va qurol işlatiş böyiça yagona standartlar joriy etilib, PPX, YPX, profilaktika, tezkor-qidiruv va qöriqlaş xizmatlari aholiga xizmat körsatuvçi servis tuzilmalariga aylantiriladi. Bunda, fuqaroning köçada formali xodimga qilgan murojaati “102”ga xabar bergan bilan teng böladi.
Şuningdek, profilaktika inspektorlarining formasini “zamonaviy, xalqqa yoqadigan” qilib özgartiriş, ularning işini raqamlaştirib, “ovozli tuşuntiriş xati” oliş amaliyotini yölga qöyiş közda tutilgan. Yangi tizimda inspektorlar faoliyatiga baho berişda ular neçta protokol tuzganiga qaralmasligi aytilyapti. Patrul guruhlari esa huquqbuzarlik töğrisida xabar kelib tuşganda, voqea joyiga 5 daqiqa içida yetib kelişi kerak. Içki işlar va Milliy gvardiya xodimlariga tungi xizmatining har soatiga BHMning 5 foizi, ya’ni 20 600 sömdan kompensatsiya tölanişi belgilandi. Şu va boşqa özgarişlarning bir qismi dastavval namuna sifatida Toşkent şahrida joriy etilişi kutilyapti.
Yiğilişdan keyin içki işlar vaziriga birdaniga 4 ta yangi örinbosar tayinlandi, oxirgi paytlarda tizim bilan boğliq köplab salbiy holatlar kuzatilgan Farğona viloyati IIBBda boşliq özgardi. Rokirovkalardan birining zanjiri quyidagiça: içki işlar vazirining birinçi örinbosari Ayubxon Rahmatullayev Farğona viloyati IIBB boşliği etib tayinlandi, bu lavozimdagi Azizbek Ikromov favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga ötkazildi, vazir sifatida işlab kelgan Botir Qudratxöjayev esa Rahmatullayev örniga içki işlar vazirining birinçi örinbosari böldi.
Bundan taşqari, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengaşi kotibining örinbosari Bahodir Toşmatov – Milliy gvardiya qömondoni, avvalgi qömondon Rustam Jörayev esa içki işlar vazirining birinçi örinbosari lavozimiga ötkazildi. Içki işlar vazirining yangi tayinlangan yana ikki örinbosari Diyorbek Sattorov va Ravşan Mirzayev bungaça Prezident administratsiyasida işlayotgan edi.
Soliq: Mubin Mirzayev va Yunusjon Nasimjonov işdan olindi

Öşa kungi yiğilişda Toşkent şahri soliqçilari ham tanqidlar nişoniga aylandi. Prezidentning aytişiça, ayrim soliq boşliqlari tadbirkorlarga homiylik qilib yuribdi. Oxirgi 2 yilda poytaxt soliq idoralarining 19 ta xodimi korrupsiya böyiça jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ulardan eng oxirgisi – ötgan hafta işdan olinib, ustidan jinoyat işi qözğatilgan Mirzo Uluğbek tumani soliq inspeksiyasi boşliği Dilşod Usmonov. U inspeksiya binosining bir qismini şaxsiy maqsadda ijaraga berib, 315 million sömni özlaştirgani, iş faoliyatida guruhbozlikka va maişatbozlikka berilgani aytilyapti.
Davlat rahbari “Malika” bozoridagi soliqdan qoçişlar haqida gapirarkan, u yerdagi yaşirin iqtisodiyot darajasini “ayançli” deb ta’rifladi. Şavkat Mirziyoyevga köra, “Malika”da 1,5 mingga yaqin tadbirkor bor, lekin ularning atigi törtdan biri röyxatdan ötgan; 25 foizi oyiga 1 million söm ham soliq tölamayapti. Birgina dekabr oyida 600 milliard sömlik savdo tuşumi yaşirilgan.
Atigi 1 oyda naq 600 milliard sömlik tuşumning yaşirilişiga köz yumayotgan soliqçilar, ğaznani töldiriş uçun intizomli soliq tölovçilarning böyniga osilib olgan. Ma’lum bölişiça, Toşkent şahar soliq boşqarmasi 46,4 mingta korxonadan 876 milliard söm ortiqça soliq undirgan. Yiğilişda şu kabi holatlarga kim javobgar ekani aytildi: 7 yildan beri Soliq qömitasi raisining birinçi örinbosari bölib işlab kelayotgan Mubin Mirzayev “loqayd va mas’uliyatsiz” degan ayblovlar bilan işdan böşatildi.
Mirzayev bilan birga, Toşkent şahar soliq boşqarmasi boşliği Yunusjon Nasimjonov va Şayxontohur tumani soliq inspeksiyasi boşliği Hojiakbar Mullajonov ham işdan olindi. Prezident bu ikki soliqçining faoliyatini tekşirib, “qonun ustuvorligini ta’minlaş”ni buyurdi. Şuningdek, Boş prokuratura huzuridagi Departamentning poytaxt boşqarmasi boşliği örinbosari A.Ğaniyev ham kursisini tark etdi – davlat rahbariga köra, u qöştirnoq ostidagi “tadbirkor”larga soliqdan qoçişda yöl körsatib yurgan.
Mobil aloqa abonentlariga qulayliklar

Mobil aloqa xizmatida iste’molçilar uçun kutilmagan va yoqimli yangilik: tarif rejasini özgartiriş endi bepul böladi. Şu va boşqa qator özgarişlar raqamlaştiriş vazirining buyruği bilan tasdiqlangan yangi tahrirdagi “Telekommunikatsiya xizmatlarini körsatiş qoidalari”dan joy olgan.
Yangi qoidalarga köra, mobil aloqa abonentlari tarif rejasini amaldagi boşqa bir tarif rejasiga bepul almaştiriş huquqiga ega. Faqat muayyan guruh yoki çeklangan doira uçun işlab çiqilgan alohida tariflar bundan mustasno.
Bundan taşqari, jismoniy şaxslardan tarif rejasi böyiça abonent tölovi va resurslardan foydalanganlik uçun pul yeçib olişda abonentning balansini minusga kiritib qöyiş taqiqlandi.
Şuningdek, balansda mablağ yetarli bölmaganda, şartnomaning bekor böliş muddati 2 oydan 1 yilga uzaytirildi. Raqamni saqlab qolgan holda boşqa kompaniyaga köçirib ötkaziş esa avvalgidek 8 soat içida emas, 20 daqiqa içida amalga oşiriladi.
Yangi qoidalarga köra, abonentning roziligini olmay turib pulli qöşimça xizmatlarni avtomatik ulaşga yoki dastlab bepul bölgan xizmatlarni pulli qilişga yöl qöyilmaydi. Sanab ötilgan yangiliklar 3 oydan keyin, 28 apreldan kuçga kiradi.
Gaz qazib çiqariş hisobotlarida ulkan tafovut paydo böldi

“Özbekneftgaz”da tanqidlar bilan rahbar almaştirilganidan keyin, kompaniya faoliyati 20 kun içida ikkinçi marta prezident huzurida muhokama qilindi. 30 yanvar kungi yiğilişda aytilişiça, “Özbekneftgaz” tizimidagi korxonalar 2025 yilda 25,2 mlrd kub metr tabiiy gaz qazib çiqargan. Bu – prognozdagi körsatkiçdan 1,3 mlrd kub metrga kam. Yangi rais Abduğani Sanginov 2026-2027 yillarda qazib çiqariş hajmi “barqaror darajada ta’minlanişi”ni aytmoqda.
Gaz masalasida şu hafta Statistika qömitasi e’lon qilgan raqamlar alohida e’tiborga molik. Gap şundaki, qömita 2024 yil yakuni böyiça e’lon qilgan hisobotda 44,6 mlrd kub metr gaz qazib çiqarilgani körsatilgan edi. 2025 yil yakuni böyiça hisobotda esa, 2024 yilgi qazib çiqariş hajmi aslida 41,3 mlrd kub metr bölgani qayd etilgan. Ya’ni, dastlabki hisobotda körsatilgan gazdan 3,3 mlrd kub metri aslida qazib çiqarilmagan ekan. 3,3 mlrd kub metr – kiçkina raqam emas, bu – bir oylik qazib çiqariş hajmiga teng.
Birlamçi statistikadagi bunday katta xato qanday yuzaga kelgani tuşunarsiz; rasmiylardan bu borada izohlar bölmadi. Izohlarning yöqligi esa “qöşib yoziş” yoki boşqa gumonlarni örtaga çiqaryapti. Boz ustiga, raqamlarning 3 oy yo 6 oydan keyin emas, 1 yildan keyin özgarib qolişi, bu özgariş – gaz sohasiga mas’ul ikkita katta amaldorning bir vaqtdagi iste’fosi, ularning iste’fosiga nima sabab bölgani aytilmagani, ulardan biri keyinroq noma’lum sabablar bilan qamoqqa olingani ortidan röy berişi – savollarni yanada köpaytiradi.
Xalqaro energetika agentligi hisobotidan ma’lum bölişiça, Rossiya 2025 yilda Özbekistonga tabiiy gaz yetkazib berişni 30 foizga köpaytirib, 7 mlrd kub metrdan oşirişga erişgan. Bu hafta “Rosatom” boş direktori Toşkentga kelib, prezident Şavkat Mirziyoyevning qabulida böldi. Rasmiy relizga köra, tomonlar qişloq xöjaligi va tibbiyotda yadro texnologiyalarini qöllaş, kadrlar tayyorlaş kabi masalalarni muhokama qilgan.

Lixaçyov rus naşrlariga bergan intervyusida “bu yilgi asosiy vazifa – yadroviy oroldagi binolarning poydevori uçun beton quyişni boşlaş” ekanini aytdi. “Muddatlarga rioya qiliş muhimligini inobatga olgan holda, biz şu yilning bahorida beton tayyorlaş işlarini boşlaşga harakat qilmoqdamiz”, dedi Lixaçyov.
Qiziği, “Rosatom” rahbarining Toşkentda paydo bölişi va “muddatlarga amal qiliş muhim, birinçi betonni bahorda quymoqçimiz” deb bayonot berişi – 2026 yilgi davlat dasturi loyihasi e’lon qilinişidan sanoqli kunlar ötib röy berdi. Dastur loyihasida Jizzaxdagi AES uçun beton quyişni boşlaş 2026 yil dekabr oyiga belgilangan. Bu esa matbuotda avvalroq mart oyida deyilgan muddatning dekabrgaça çözilişi haqidagi sarlavhalarga sabab bölgandi. Bunga “Özatom” agentligi tezda munosabat bildirib, avval e’lon qilingan muddatlar öz kuçida qolişi, davlat dasturi loyihasida esa konservativ ssenariy keltirib ötilganini ma’lum qildi.
Bu hafta yana nimalar röy berdi?
Taşqi işlar vazirligida Rossiya elçisi bilan uçraşuv bölib ötdi. Unda rasmiy Toşkent Rossiyadagi reydlarda öz fuqarolarining huquqlari ta’minlanişini talab qildi. Muhojir vatandoşlarning insoniy qadr-qimmatini kamsitişning har qanday şakliga yöl qöyilmasligi prinsipial ahamiyatga ega, deyiladi TIV bayonotida. Bu holat oxirgi paytlarda Markaziy Osiyoni tilidan qöymayotgan Moskvadagi propagandaçilarga yoqmadi. Solovyovning dasturidagilar rus elçisining çaqirilganidan nolib, Markaziy Osiyo siyosatçilarini “asabi buzuqlar” deb atadi. “Biz ularni erkalatib yuborganmiz, ular öz örnini bilişi kerak”, dedi Sergey Mixeyev ismli şovinist. Tarmoqlarda Mixeyev va undan avvalgilarning hammasini bittada persona-non-grata deb e’lon qilişga çaqiriqlar yangramoqda.

Prezident Şavkat Mirziyoyev rasmiy taşrif bilan Turkiyada böldi. Özbekiston va Turkiya rahbarlari qöşma bayonot va hamkorlik mexanizmlari töğrisidagi qarorni imzoladi, ikki örtada boşqa hujjatlar ham qabul qilindi. Özbek xalqining zilziladan jabr körgan qardoş turk xalqiga yordami ölaroq Hatay viloyatida qurilgan “Özbekiston” turar joy majmuasini prezidentlar tantanali tarzda oçib berişdi. Arsuz tumanidagi bu majmua 24 ta köp qavatli uydan iborat bölib, 300 dan ziyod töliq jihozlangan xonadonlarni öz içiga oladi. Şavkat Mirziyoyev Hatay aholisini Navröz bayramida Özbekistonga 5 kunga olib kelişni va Andijon-Samarqand-Xiva yönalişida sayohat qildirişni taklif etdi. Şuningdek, Istanbulda ilk özbek maktabi qurilişiga start berildi.
Özbekistonda tuğilişlar ketma-ket ikkinçi yil qisqardi. Rasmiy statistikaga köra, 2025 yilda 880 mingta tuğiliş qayd etilgan bölib, bu 2024 yilga nisbatan 5,1 foiz yoki 46,8 mingtaga kam. Iqtisodçi Mirkomil Xolboyevga köra, fertillik statistikasi hali yangilanmagan, şu sababli tuğilişlar kamayişiga sabab bölayotgan omillar haqida xulosa çiqariş hozirça qiyin. Boşqa bir taniqli iqtisodçi Behzod Hoşimov esa tuğilişlarning ketma-ket ikkinçi yil qisqarganini katta xavotir bilan qarşi oldi. “Bu – katta muammo. Haqiqiy, yeçimi juda qiyin bölgan va töğrisi, Özbekistondek daromadi kam mamlakat uçun balki yeçib bölmas darajada xavotirli xabar”, deya yozdi Hoşimov.
Samarqandda Zarafshon daryosi özanlarini ğorat qiliş davom etyapti. Ekologiya qömitasining aniqlaşiça, daryoning Toyloq tumani hududidan oqib ötuvçi özanida moratoriyga qaramay tungi vaqtlarda juda katta miqdorda şağal qazib olingan. Şağal Urgut tumani va Samarqand şahrini boğlovçi yangi temiryöl liniyasidan oşib ötgan holda taşilgan, buning uçun temiryöl relslari orasiga betonlar taşlangan. Xomaşyo keyinçalik “Zarafshon Propriety Service” MÇJ hududiga joylaştirilgan. Tabiatga yetkazilgan zarar qariyb 423 milliard sömga baholanmoqda. Bu – salkam 35 mln dollarga teng. Ekologiya organi töplangan hujjatlarni prokuraturaga taqdim etdi.
Muallif – Komron Çegaboyev
Dastur boşlovçisi – Bobur Akmalov
Tasvir ustasi – Şohruz Abdurayimov
Surdotarjimon – E’zoza Ahmedova











