Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DXX Migratsiya agentligi ustidan nazorat qiluvchi mas’ulni qamoqqa oldi
U migrantlarga aviabilet ustiga narx qo‘yib sotish orqali firibgarlik qilganlikda gumonlanmoqda.
Kun.uz manbasiga ko‘ra, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi va reintegratsiya masalalari boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.A. DXX tomonidan ushlangan.
S.A. migrantlarga aviabilet ustiga narx qo‘yib sotish amaliyotini tashkil etgani aytilmoqda. U Jinoyat kodeksining 168-moddasida (firibgarlik) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganlikda gumonlanib, qamoqqa olingan.
Ma’lumot uchun, 2021-2022 yillarda O‘zbekistonda YeXHT loyihalarini amalga oshirish borasida vazirlik bilan hamkorlikda tashqi mehnat migratsiyasi va migrantlarning reintegratsiya masalalari bo‘yicha umumiy summasi 250 ming yevroni tashkil etuvchi loyihalar amalga oshirilishi aytilgandi.
Oldinroq Kun.uz’da korrupsion sxema sababli Yaponiya ish bozori O‘zbekiston uchun yopilishi mumkinligi haqida tahliliy maqola e’lon qilingandi. Kun.uz tahlilidan so‘ng masalaga hukumat darajasida e’tibor qaratilgan bo‘lishi mumkinligi aytildi.
Mavzuga oid
08:22
110 ming dollar talab qilgan bank xodimi tezkor tadbirda qo‘lga olindi
10:20 / 24.02.2026
Yunusobodda 2 gektar yerni 9 mln dollarga sotishga urinish fosh etildi
09:12 / 20.02.2026
“Zakladka”lardan tortib laboratoriyagacha: Toshkentda giyohvandlikka qarshi keng ko‘lamli reyd
08:53 / 12.02.2026