Janubiy Koreyaga mehnat migratsiyasi korrupsion sxemaga aylantirib bölingan, endi navbat Yaponiyagami?
|16:47 / 25.12.202248 02830 min
Oxirgi yillarda qilingan sa’y-harakatlar natijasida 20 mingdan oşiq özbekistonlikni Yaponiyaga – rivojlangan mamlakatga işga jönatişga imkoniyat paydo böldi. Va bu imkoniyatni yaratiş uçun yakka şaxslar “ölib-tirilib” harakat qildi, titanik kuç sarfladi, ammo işlar endi yölga quyilgan paytda, kimdir ularning mehnati mahsulini öziga olmoqçi, özi örgangan usullar bilan... Oqibatda esa Yaponiya iş bozori Özbekiston uçun yopilişi mumkin. “Börilar” sabab...
Özbekiston mustaqil bölgandan keyin tizimli islohotlar yölidan bormagani uçun, 5-6 million kişisi mehnat migrantiga aylandi. Çunki aynan tizimli islohotlar işçi örinlarini yuzaga keltiradi, buyruq yoki topşiriqlar emas. Özbekiston esa aslida işçi yuboruvçi emas, aksinça, işçi jalb qiliş potensialiga ega bölgan mamlakat.
Mehnat migratsiyasi bizda ikki yönalişga bölindi. Bir yönaliş bu – malakasiz işsizlar rivojlanayotgan mamlakatga yöl oldi va ular uçun arzon işçi kuçi vazifasini ötadi. Bu bilan ular özga mamlakatlarni rivojlantirdi. Özbekistonda esa butunboşli sohalar tanazzulga uçradi. Ikkinçi yönaliş – malakali, qimmatli kadrlar rivojlangan mamlakatlarga ketdi va öşa mamlakatlarni kadrlar bilan boyitdi. Özbekiston esa deyarli kadrlarsiz qoldi. Zero, yaxşi kadrlar isloh qilinmagan mamlakatlarda qolmaydi, voy desangiz ham, dod desangiz ham şu.
Rossiyaga millionlab malakasiz işçilar qanday ketganini, ketayotganini, ular u yerda aksar ruhan tuşkun ahvolda işlab kelayotganini yaxşi bilamiz. Bu haqida köp gapirdik. Ammo bir payt kelib, yana bir yönaliş paydo böldi, bu – Janubiy Koreyaga işçi jönatiş. Bu soha davlat idorasiga yuklandi va odatdagidek, kattakon korrupsion sxemaga aylandi: Janubiy Koreyaga boriş uçun sodda odamlar qandaydir “yordam beruvçilar”ga pul berib kelişdi. Va ularga beriladigan pul miqdori oşib boraverdi.
Heç kimga sir emasdi – bu pullar Toşkentga qarab yöl olardi. Zero, aynan pul berganlar Koreyaga ketiş imkonini qölga kiritardi.
Yangi davr keldi, bu sohani isloh qilişga kirişildi. Nimalardir qilindi, ammo sodda odamlar hamon Janubiy Koreyaga işga ketiş uçun pul berişyapdi. Hozirda bu norasmiy raqam 15 ming dollarni taşkil qiladi. Bunça puli bölmaganlar-çi? Ular “yordamçilar”ning hisobidan ketadi va Janubiy Koreyaga borib olgandan keyin ularga 25 ming dollargaça işlab berişi kerak böladi.
Endi vaziyatga tepadan qaraymiz-da, öylab köramiz: özi noçor, işsiz, işlab oilasini ta’minlaşni niyat qilgan odamlar nega işlaşga boriş uçun bunça pul tölaşga majbur bölyapdi? Va yana öşa tabiiy savol: bu pullar kimlarning çöntagiga yetib boryapdi?
Biz Janubiy Koreya biznesi haqida hali gaplaşamiz, hozir esa Janubiy Koreyadan taşqari, Yaponiyaga işçi yuboriş sohasini ham kimdir öz qöliga olayotgani alomatlari haqida gaplaşamiz.
Yaponiya yönalişida ham korrupsion tizim taşkillaştirmoqçi bölişayotgani haqida gapirişdan oldin, 2020 yilda Özbekistondan Yaponiya işga ketiş, jönatiliş mexanizmi qanday taşkillaştirilganiga e’tibor qaratamiz.
Mavzuga oid
Yaponiyaga işga boriş mexanizmini sifatli, oçiq va şaffof qiliş maqsadida 2020 yilda davlat rahbarining 4829-sonli qarori va topşiriği bilan Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 100 yillik tarixga ega bölgan Yaponiyaning “Nippon Educational Academy Japan” institutini taklif qildi va yapon tili maxsus malaka test markazi taşkil etildi. Bu yerda Yaponiyaning “Nippon Academy” institutining 7 nafar yaponiyalik va 15 nafar mahalliy öqituvçilari Yaponiyada olib qaytgan tajribalari asosida dars berişadi.
Kurslar 2 semestrdan iborat bölib, 6 oyga möljallangan. Odatda Yaponiyada bunday kurslarda öqişning kontrakt tölovi 4 ming dollarni taşkil etadi. Bu yerda esa bitiruv hujjatini sarf-xarajatsiz, imtiyozli tarzda qölga kiritiş imkoni mavjud. Öqiş davomida tilni tez özlaştirgan nomzodlarga biryöla iş beruvçi bilan suhbat tanlovlarida iştirok etiş imkoniyati taşkillaştirilgan.
Masami Şimuzu, “Nippon Educational Academy Japan” prezidenti:
“Özbekistondan yapon tili va kasbiy ta’lim asoslarini öqitib beriş bilangina çeklanib qolmasdan, biz iş beruvçi kompaniyalarda işçilarning korporativ etikasi, Yaponiya qonun-qoidalari, işçining mehnat huquqi, Yaponiyada adaptatsiya jarayonidagi könikmalar alohida darslik sifatida kiritilgan. Özbekiston prezidenti bilan bölgan online muloqotimizdan keyin biz katta motivatsiya oldik va Yaponiyada iş izlayotgan özbekistonliklar hamda Özbekiston mehnat kuçiga qiziqayotgan yapon iş beruvçilari uçun bepul iş bilan ta’minlaş platformasini işga tuşiriş arafasidamiz. Bu platforma Özbekistonda ilk bor yapon tilini va kasb malaka sertifikatiga ega bölgan nomzodlarga Yaponiyada iş beruvçi bilan töğridan töğri vositaçilarsiz mehnat şartnomasini tuziş imkonini beradi. Şu bilan birga yaqin kunlarda biz Özbekistondagi “Yapon tili va kasbiy malaka testi tayyorlov markazi” bilan hamkorlikda yapon tilini örganuvçilarga özbek tilida yapon tilini örganiş mobil ilovasini ham taqdim qilamiz. Bu mobil ilova Özbekiston uçun möljallangan”
Maxsus malaka testlaridan ötgan nomzodlar işlaş huquqini beruvçi maxsus malakali işçi maqomiga ega xalqaro sertifikatni qölga kiritişadi. Yapon iş beruvçilari tomonidan tan olingan Tokuteiginou malaka testlari şaffof va adolatli bölişini ta’minlaş, şuningdek, manfaatlar töqnaşuvining oldini oliş maqsadida jarayon Yaponiyaning adliya vazirligi va immigratsiya siyosati agentligi tomonidan qat’iy nazoratga olingan.
Yaponiyaga borgandan keyin nomzodlar adaptatsion maşğulotlarda 1 oy tayyorlanadi va söng işga tuşadi. Bu vaqt oraliğidagi hamma xarajatlar iş beruvçi tomonidan qoplanadi.
Yangi tizimning e’tiborli taraflari: kasb va tilga tayyorlovçi ta’lim taşkiloti, jönatuvçi taşkilot, şuningdek malakani baholovçi, ya’ni test oluvçi taşkilot va qabul qiluvçi taşkilotlar öziga tegişli funksiyalarni bajaruvçi yagona ğildirak misoli. Ammo yuridik jihatdan bir-biriga boğlanmagan, ya’ni tizim korrupsion zanjir va manfaatlar töqnaşuvidan xoli.
Ammo…
“Ammo”ga ötişdan avval, Yaponiyaga ketiş böyiça 2020 yilda taşkillaştirilgan mexanizm qanday yölga qöyilganiga nazar solamiz.
Hozirgi kunda Yaponiyada işlaşni istagan fuqarolar 2 ta dastur böyiça tayyorlaniş imkoniyatiga ega:
texnik malakani oşiruvçi dastur – stajyor tayyorlaş,
maxsus malakali işçi tayyorlaş dasturi.
Ikkinçi dastur yangi bölib, 2019 yilda Yaponiya hukumati tomonidan joriy qilingan va 2025 yilgaça çet eldan 400 mingga yaqin mehnat resursini Yaponiyaga jalb qilişga qaratilgan. Maxsus malaka dasturi böyiça ketiş tartibi quyidagiça:
Ketişgaça muddat 1 yil, testlardan muvaffaqiyatli ötsa.
Maoş 1800-2000 dollardan yuqori, çegaralanmagan.
Işni almaştirsa böladi.
Viza beriş 10 yilgaça.
Oila bilan birga borsa böladi.
Fuqaro iş beruvçi bilan töğridan töğri şartoma qilişi mumkin.
Yaponiyaga maxsus malakali işçi bölib ketişning asosiy şarti – testlardan muffaqiyatli ötiş. Şunda siz iş beruvçi bilan töğridan töğri şartnoma qilişga haqli bölasiz. Orada heç qanday vositaçilar bölmaydi.
Bu dasturda yuboruvçi mamlakatdan biror bir jönatuvçi taşkilotni vosita qilişi belgilanmagan. Özbekiston qonunçiligiga ham bu töğri keladi.
Texnik malaka dasturi böyiça ketiş tartibi quyidagiça:
Ketişgaça muddat 7-8 oy.
Maoş $1000-1200dan boşlanadi.
Fuqaro bu dastur bilan xususiy bandlik agentligi yoki Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali ketişi mumkin.
Işni özgartiriş mumkin emas.
Viza 3 yilgaça.
Oilani olib borib bölmaydi.
Yaponiyaning Adliya vazirligi saytida keltirilişiça, Özbekiston fuqarolari 3 xil yöl bilan Yaponiyaga boriş imkoniyatiga ega:
Xususiy bandlik agentliklari orqali.
Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali.
Özlari test topşirib, töğridan-töğri şartnoma tuziş orqali (bu Özbekiston Respublikasining mehnat qonunçiligiga ham mos keladi; ya’ni, 2018 yilda çet elga işlaş uçun Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan ruxsatnoma oliş tartibi prezidentning maxsus qarori bilan bekor qilingan).
Ana endi Yaponiya yönalişida ham Koreya yönalişi singari qanday korrupsion tizim yölga qöyilayotgani haqida.
Yuqorida Yaponiya tomonidan tasdiqlangan 2 ta dastur tartibini körsatib ötdik: juda oson, soddalaştirilgan, bilim bölsa heç qanday tösiqlarsiz ketiş imkoniyati. Testlarga na vazirlik, na öquv taşkiloti va na Taşqi migratsiya agentligi aralaşa olmasligi mazkur tizimni şafof, toza va fuqarolar uçun qulay qiladi.
Dilafruz Ikromova, mazkur mexanizmni yaratişda ikki davlat orasida tegişli davlat organlari örtasida hamkorlikni rivojlantiriş bilan bir qatorda, Yaponiyaga işçilar malakasini oşirişga qaratilgan infratuzilmani şakllantiriş böyiça taşabbus körsatib, yordam bergan. 15 yil Yaponiyada yaşagan, yapon, ingliz, turk, rus tillarini biladi. Toşkent Davlat şarqşunoslik instituti hamda Tokio Soka unversitetlarini tamomlagan. Bir qança yirik yapon kompaniyalarida muhim örinlarda işlab kelgan. 2020 yilda “Nippon Educational Academy MÇJ” direktori, 2021 yilda yapon tili va kasbiy malaka test markazi Yaponiya-Özbekiston qöşma korxonasi direktori:
“Faoliyatimizni boşlaganimizda bizga işonçsizlik bilan qaralgan edi. 2021 yil oktyabr oyida prezidentimiz Navoiy şahridagi monomarkazga taşrif buyurganlarida birinçi bizning markazga kirdilar, oçilişida iştirok etdilar, “Nippon Academy” prezidenti bilan onlayn platformamiz orqali muloqotda böldilar, bizdan markaz tuzilişi maqsadini söradilar.
Asosiy vazifa – ikki davlat örtasida imzolangan memorandumni yuzaga çiqariş uçun mexanizmni, tuzilmani yaratiş, fuqorolarimizga Yaponiyadek rivojlangan mamlakatda imtiyozli işlaş imkoniyatini yaratiş ekanini aytdik.
Oqibatda şunaqa tizim yaratildiki, boriş harajatlari 10 mln sömga ham yetmaydi. Prezidentimiz belgilab bergan çora-tadbirlarga asosan, test xarajatlari ham qaytarib beriladigan böldi.
Şunda prezident: “qiyin işni boşlagansiz, faqat, çarçab, töxtab qolmang” dedilar. Mana endi tuşunyapman, bilgan ekanlar... Hozir, har kuni ertalab uyğonganimda “çarçab qolmasligim kerak, çarçab qolmasligim kerak” deyman özimga. Lekin, çarçayapmiz.
Muxbir: Nima sizlarni çarçatyapti?
Biz vazirlik, agentlik va “Nippon Academy” örtasida tuzilgan memorandum, kelişuvni tölaqonli bajarayapmiz deb öylayman. Infratuzilmani mukammal tuzişga yordam berdik, iş beruvçilarni ham jalb qildik – forum ötkazdik Özbekistonda, yapon iş beruvçilari iştirokida. Real iş beruvçilarni Özbekistonga olib keldik! Ularni Yaponiyada yiğdik.
80ga yaqin HR kooperativlarini jalb qilib, Özbekistonni Yaponiyada tanitiş sistemasini yaratdik. Özbekiston bilan işlaşni çin köngildan xohlagan hamkorlarni topdik. Endi Özbekiston bunga katta pul sarflaşiga hojat ham qolmadi.
Ular bilan mukammal mexanizm, işonçli hamkorlik qura olsak, özi yurib ketadigan mexanizm bu. Faqat tösiqlar bölmasligi kerak. Ta’lim sifatini yaxşilaşimiz kerak, xolos.
Ammo, “mana, endi hozir yurib ketadi” degan paytda, faqat öquvçilar sonini köpaytirişimiz qolganda, vazirlik, migratsiya agentligidagi ba’zi xodimlar tomonidan har xil intrigalar boşlandi, tösiqlar qöyilyapti.
Bizda hozir 2500 öquvçini öqitiş imkoniyati bor, ammo fuqarolarga bandlik tomonidan yöllanma beriş töxtatildi. “Çiqib ketinglar” deya olişmayapti, xolos... Savol tuğiladi: özlaringiz taşkil qilmoqçi ekansizlar, nima uçun yaponlarni jalb qildik?
Bizga yöllanma berişmasa, bizning bu yerda faoliyat yuritişimizni ahamiyati qolmaydi.
Biz ketsak, birinçidan, Özbekiston uçun manfiy natija böladi – sifat yöqotiladi. Çunki monomarkazlarda yapon mutaxassislari yöq. Şu vaqtgaça prezidentga taqdimot bölganda ham, aynan bizni öqituvçilarni körsatib, bizning dastur orqali taqdimot qilingan hammasi. Endi esa, yölga qöyilgan paytda, oçiqçasiga reyderlik bölyapti.
Mana, bugun ertalab viloyat monomarkazlaridan birining rahbari telefon qilyapti, “xonangizni böşatasizlarmi, sizlarga boşqa xona beramiz” deyapti... Bu xonalarni biz Yaponiya standarti bilan qildik, prezident qarori bilan qilingan axir!
Şunça qiyinçiliklardan ötib, 5 mingta kvotani nimaga olib keldik? Sifatli öqitaylik deb olib keldik. Yaponlar bizga işonadi. Yapon yaponga işonadi. Biz yapon taşkiloti vakilimiz. Özbekistonning obrösini tuşirmaslikka, yaponlarni işonçini qozonişga va Yaponiya bozorida özimizning mukammal örnimizni topişga harakat qilyapmiz.
Ikki yil misqollab yiğdim komandamni. Bu tizimni yaratiş uçun ozmunça harakatim, mehnatim ketmadi! Qança yapon taşkilotlari, davlat taşkilotlari bilan aloqaga kirişdim. Biz JICAʼni qiziqtira oldik! JICA hozir Yaponiyaga borişni istagan odamlarga qulaylik yaratuvçi katta platforma yaratişni moliyalaştiryapti. U ham bizning taklifimiz...
Endi hammasi yölga qöyilganda, hamma ğoyalar olinganda, bizni bir çetga surib, reyderlik qilişyapti. Tayyor bölganda tortib olişmoqçi.
Audit qilişdi yaqinda, menga qöl qöydirilgan audit qoğozi bilan... Vazirga olib kirilgan audit hujjati umuman farq qiladi raqamlarda!.. Buni körgandan keyin, nima deb öylaşim kerak?”
Mikako Sugivara, Özbekistonda dars berayotgan yapon öqituvçisi:
“Yaqinda monomarkaz direktori meni çaqirdi, “monomarkazda biz uçun yapon tilida dars bera olasizmi?” deb söradi. Yaponiyada bitta işga kirgandan keyin, boşqa işdan ham iş oliş mumkin emas. Şuning uçun men “rahbardan sörayman, meni şu kişi işga taklif qilgan, boşqa işga kiriş niyatim yöq, kira olmayman” dedim. Ammo qayta-qayta aytişdi, bugun esa “yangi guruhga dars berasiz” deyişdi. Men xafa bölib, rahbarimga aytdim”.
“Oxirgi vaqtlarda fuqarolar va viloyatdagi öqituvçi xodimlarimiz tomonidan turli xil şikoyatlar kelmoqda. Fuqarolar tomonidan kelayotgan şikoyatlar şundan iboratki, Bandlikka kömaklaşiş agentligiga borib markazimizda öqiş uçun yöllanma söraşganda, ularga “yuqoridan topşiriq borligi”ni va yöllanmani aynan bizda öqiş uçun bera olmasliklarini aytişayotgan ekan. Bundan taşqari “Nippon Educational Academy”da öqişni xohlayman deb borgan fuqarolarni “monomarkaz özi yapon tili kursi oçadi, u yoqda öqimang” degan gaplar bilan bizdan öquvçilarni çetlatiş işlari olib borilmoqda.
Öqituvçilarimiz tomonidan esa kelayotgan şikoyatlar şundaki, monomarkaz tomonidan bizning öqituvçilarimizga bosim bölmoqda. Ularni işga taklif qilişmoqda, taklifni rad etişsa, ularga turli xil bosim bölmoqda. Öqituvçilarimizdan öquv metod dastur programmalarni söraşyapti. Yaponiya qonun tizimida har bir ta’lim taşkiloti, unversitet bölsin yoki markaz, özining şaxsiy maktab öquv qöllanmasiga ega. Yaponiyadagi hamkorimiz “Nippon Educational Academy”ning ham özi yaratgan programma-dasturi bor. Ulardan faqatgina öşa öquv yurti öqituvçilari va öquvçilari foydaladi. Taşqariga bu darsliklarni olib çiqiş qat’iyan taqiqlanadi. Biz ham xuddi şu qonun böyiça işlaymiz. Monomarkaz xodimlari esa viloyatdagi xodimlarimizdan har xil bahonalar bilan, “tekşiruv kelyapti” “vazirlikdan söraşyapti” deb, öquv dasturlarimizni söraşyapti. Öquv dasturni öqituvçilar berişmagandan keyin yoki ularga işga ötmagandan keyin, bosim kuçaymoqda”.
Dilafruz Ikromova:
“Yaponiyada bunaqa holatlar nihoyatda şarmandalik hisoblanadi. Yapon öqituvçilarim yozişyapti: “Dilafruz, uzr sörayman, ammo çarçab qolyapman bularning örtasida, yöq desam ham, baribir har kuni telefon qilişadi, tinç qöyişmayapti”.
Men vazirning özlariga yozdim holat haqida, öqiydilar, ammo javob bermaydilar”.
Endi Bandlik va mehnat vaziri tomonidan imzolangan 2022 yil 9 sentabr kuni “Yaponiyaga iş beruvçilarning talabiga asosan yapon tiliga öqitiş va yapon tilini biliş darajasini aniqlaş” böyiça yöl xaritasiga e’tiboringizni qaratamiz. Mazkur yöl xaritasining törtinçi bandidan keyin raqamlanmagan band kiritilgvn bölib, unda vazirlik tomonidan bilimni baholaş markazlari taşkil etilişi haqida aytilgan.
Savol: Yaponiya test taşkilotining testidan ötiş uçun nima sababdan vazirlikning ham iqtisoslaşgan baholaş markazining testidan ötiş kerak? Bu Yaponiya iş beruvçilarning qabul qiliş va jönatiş tartibida körsatilmagan-ku? Bu ixtisoslaşgan baholaş markazi aslida nima va kimlarning maqsadlari uçun “iqtisoslaşadi”? Savollar köp.
Mazkur “ixtisoslaşgan” markaz taşkil etilsa, Yaponiya tarafidan belgilangan 4 bosqiçga:
yana ikkita bosqiç qöşiladi va Yaponiyaga ketiş tartibi quyidagiça köriniş oladi:
Körib turibsizki, yaponlar insonlarni işga joylaştiriş uçun soddalaştirilgan tartibini joriy qilayotgan bir vaqtda, vazirlik bunga ortiqça va keraksiz jarayonlarni qöşib, kalavaning uçini olib qoçmoqçi. Nega?
“Nega” degan savolga javobni biroz ötmişdan izlaymiz, aniqroği, 2017 yilda Taşqi mehnat migratsiyasi bilan hamkorlikda Koreya Respublikasiga ketiş uçun Topik testlarni topşirişga kiriş uçun filtrdan ötkazib beruvçi kompleks test markazi faoliyatiga e’tibor qaratamiz.
Öşa davrda kompleks test markazidan ma’lum ball olgan fuqarolar Topik testlariga kiritilgan edi. Talabgorlardan haftada 5 kun test olingan, bir kunda 120 kişidan, haftada bu 600 kişi degani. Bir oyda bu 2 400 kişi, bir yilda 30 mingga yaqin kişi degani. Kişi boşiga 10 dollardan olingan. Kalkulyatorga murojat etamiz va yaxşigina summa hosil qilamiz...
Buning ustiga, keraksiz imtihon testidan ötiş uçun navbatga bir oy oldin yoziliş kerak bölgan...
2019 yilda yangi vazir tomonidan Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi faoliyatidagi bu korrupsion holat örganilgan va markaz faoliyati töxtatilgan edi.
Ammo endi... tarix takrorlanyapti...
Vazir yana özgardi, ammo agentlikdagi eski börilar, çamasi, öşa-öşa. Zero yana xuddi şu işni Yaponiya bilan ham amalga oşirişmoqçi.
Biroq, şuni aytiş kerakki, Yaponiya bilan bu ötmaydi, çunki yaponlar töğridan-töğri nomzod bilan suhbat qiladi. Qolaversa, vazirlik yaratişga harakat qilayotgan bu mexanizim bilan prezidentga Navoiy şahrida va’da qilingan “10 ming nafar işçi jönatamiz” degan va’dani amalga oşiriş imkoni bölmaydi.
Ammo, çamasi bu korçallonlarni qiziqtirmaydi – prioritetlar boşqa...
Yaponiya korrupsiyaga yöl qöymaslik böyiça yetakçi mamlakatlardan biri hisoblanadi. Agar Özbekistonda davlat xizmatçilari tomonidan bunaqa sxema taşkil qilingani va asosiy testlardan boşqa – qöşimça test olinişi oşkor bölsa, hali oçilişga ulgurmagan Yaponiya bozori Özbekiston uçun yana yopiladi, xuddi 2016 yilda yopilganidek.
Dilafruz Ikromova:
“Hozirgi kunda Yaponiyada 2 mln atrofida çet ellik fuqaro mehnat faoliyatini amalga oşiradi. Nima uçun Yaponiyada işçi kuçiga talab katta? Hozirgi kunda bu mamlakat ulkan demografik krizisni boşidan keçiryapti. Bitta işçini oliş uçun 3-4 ta kompaniya kuraşadi va 150 ta işçi örniga atigi 100 ta işçi töğri kelyapti, qolgan 50 tani taşqaridan, mutaxassislarni yollab jalb qiliş kerak bölyapti.
Yaponiya sifat mamlakati: sifatli işçilar, sifatli mehnat, sifatli natija. Şuning uçun Rossiyaga jönatayotgan odamlarimizni Yaponiyaga jönata olmaymiz. Işçilarni maxsus tayyorlab, tilga öqitib, ma’lum bir sertifikatni, ya’ni malakasini tasdiqlovçi hujjatni qöliga bersak, keyin Yaponiya viza beradi. Aks holda, şartnomangiz bölsa ham, bermaydi.
Yaponiyadagi 2 mln.ga yaqin çet ellik işçilarning 500 mingi Vetnam davlatiga töğri keladi. Lekin Yaponiyaning 80 foiz iş beruvçi kompaniyalarining vetnamliklardan köngli tölmayapti, va ularni rad etyapti. Nima uçun? Çunki Vetnamda har bir işçiga 10 ming dollar korrupsiyaga tölov bor. Işçi Yaponiyaga kelgandan keyin 10 ming dollar olgan qarzini (özining bunça puli bor vetnamlik işlaşga ketmaydi – biznes qiladi) tölaşi kerak böladi. Şu uçun iş beruvçisidan qoçib ketadi, çunki bitta kompaniyada işlab, qarzini tölaşi qiyin, biryöla 2 ta 3 ta kompaniyada işlaşga urinadi.
Bundan esa iş beruvçi yutqazadi – u moliyaviy xarajat qilgan, öqitgan, investitsiya qilgan axir, lekin natijani ola olmaydi. Vetnamda öqitiş sifati ham tuşib ketgan.
Aynan şu narsa bizda yuz bermasligi kerak.
Hozir köpgina yapon iş beruvçilari “vetnamliklardan voz keçsak, qaysi mamlakatga e’tibor qaratamiz?” – degan savolni örtaga qöymoqda. Bu yerda esa faqat 2 ta mamlakat közga körinadi: yo Özbekiston, yo Indoneziya.
Yaponiya mehnat bozorida özimizning munosib örnimizni topişimiz uçun hamma şaroit bor. Pointlar:
Özbeklar yapon tilini tez özlaştiradi, hamda ravon gapiradi, özbek va yapon grammatikasi bir xil.
Işsiz fuqarolar Yaponiyaga ketiş uçun bepul öqitiladi. Bu yapon iş beruvçilari uçun yaxşi.
Har bir mehnat migrantining orqasida davlat turibdi: biron hodisa bölsa, örtada davlat turib nazorat qiladi, kafolatlangan.
Yaponiyaning özbek işçilari uçun qanday afzalliklari bor? Nima uçun Rossiya emas, Yaponiya yaxşi? Mana, Rossiyaga jönatamiz işçini, boradi, işlaydi, işlagan pulini olib Özbekistonga keladi, hammasini töyga, kundalik turmuşiga, maşina olişga, uyini ta’mirlaşga sarflaydi va yana qarz olib, bilet oladi-da, qaytib ketadi.
Yaponiya yoki boşqa rivojlangan mamlakatda 8-10 yil işlab kelgan fuqaro Özbekistonda özining biznesini yaratadi yoki u yerda olgan tajribasini, malakasini, yiğgan sarmoyasini Özbekistonda işlatadi.
Özimiz xam oddiy talaba bölib ketganmiz Yaponiyaga, işlaganmiz, olgan tajribamizni, mana, qöllayapmiz, qança işçi örni yaratyapmiz Özbekistonda.
Özbekiston taşkillaştirilgan, Rossiya bozori uçun mehnat qiluvçilarni yetiştirib beradigan konveyer mamlakat emas. Rivojlangan mamlakatga jönataylik odamlarimizni! U yerdan puldan taşqari, tajriba olib kelsin, malaka olib kelsin.
Yaponiyadan örganadigan juda köp jihatlar bor, va Yaponiyada biz körsatadigan xususiyatlarimiz, Özbekistonni tarğib qiladigan köp yaxşi jihatlarimiz bor. Yaponiyada biz uçun biznes şaroitlari ham bor.
Ammo asosiysi – inson kapitali. Rivojlangan mamlakatlarga işçi yuborib, bizning inson kapitalimiz rivojlanadi.
Investitsiyalar ham kirişiga omil böladi bu. Mana, koreys investorlari Özbekistonda köp, nima uçun? Çunki ular Koreyaga borib işlagan fuqarolarimiz orqali Özbekistondagi imkoniyatlar xaqida bilişgan. Ularning tilini bilgan, işonçini qozongan özbeklar orqali ular Özbekistonga sarmoyalarini olib kelişyapti.
Qoida şuki, işga joylaştiriş uçun nomzoddan heç qaçon pul olinmaydi! Iş beruvçidan pul olinadi! Şu tizimga ötişimiz kerak biz ham! Ötmasak, korrupsiya qolaveradi. Biz taşkil etamizmi ta’lim jarayonini, boşqasimi, baribir – korrupsiya böladi.
Bu holda Koreya kabi Yaponiya yönalişida ham 3 mingdan oşirolmaymiz işçilar sonini. Mana, “SPAS” degan baza bor, bu bazaga koreysçadan imtihondan ötganlar kiritiladi. 2-3 yil yotişadi bu bazada nomzodlar, tilni ham esidan çiqarişadi. Keyin, orqavoratdan, pora bergan odamni tortib olib, iş beruvçiga taqdim etişadi. Bu tizimda işlaganman, gapimga heç kim e’tiroz bildirolmaydi – men buni juda yaxşi bilaman”.
Norio Tezuka, JIC HR HOLDING direktori:
“Biz Özbekistonni Yaponiyaga tarğib qiliş, özbeklarni köproq Yaponiyada iş bilan ta’minlaş hamda Özbekistondan Yaponiyaga kelgan işçilar va talabalarga tun-u kun axborot beruvçi, kömak beruvçi call-markaz tuzişni taklif qildik. Buni biz Özbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan hamkorlikda taşkil etişni taklif etdik. Natijada Taşqi mehnat migatsiyasi agentligi bilan memorandum imzolandi. Bu xaqda Özbekiston davlat rahbariga ham axborot berilganidan keyin, Yaponiyaga qaytdik va markaz taşkil qildik, nodavlat taşkiloti sifatida.
Biz Özbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga markazimiz ofisi rasmlarini, kerakli hujjatlar va şartnoma memorandum nusxasini jönatdik. Ammo vazirlikdan hatto javob kelmadi. Qaçongaça kutişimizni bilmayapmiz, aniq vaqt ham aytilmayapti. Vazirlaringiz Nagoya şahriga kelganida, bu masalani kötardik, ammo hali-hanuz taşqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan harakat bölmadi.
Özbekiston hukumati tomonidan yordam böladimi, yöqmi deb, kutib ötirmadik, Özbekiston mehnat bozori haqida yapon tilida axborotnoma-qöllanma işlab çiqdik, uni 1000 dan ziyod iş beruvçi kompaniyalarga jönatişni boşlaymiz.
Hozirgi vaqtda Özbekiston hukumati Yaponiya mehnat bozoriga kiriş uçun asosiy e’tiborini raqobatni oşirişga qaratiş kerak. Bu yönalişda professional yapon kompaniyalari bilan hamkorlikni kuçaytiriş kerak. Yapon tarafi öz vazifalarini bajardi deb hisoblayman, ammo bu işlar Özbekiston davlat rahbariga qançalik yetkazilganini bilmayman.
Oktyabr oyida Taşqi mehnat migratsiyasi agentligidagi mas’ul xodimlar bizning bu boradagi sörovimizga biz JIC bilan markaz taşkil etmaymiz deb javob qaytarişdi, lekin vazir albatta işlaymiz dedi, kimga işonişni bilmay qoldik. Nazarimda, bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va prezident administratsiyasi örtasida, nima desam ekan, aloqa yöqqa öxşaydi.
6.500 dan oçiq iş beruvçilar bilan işlovçi 18 ta firma taşqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan hamkorlik qiliş uçun 18 ta şartnoma imzolagan. Afsuski, öşanda biz taqdim etgan şartnoma draftiga emas, agentlik taqdim etgan şartnoma draftiga imzo çektirişdi. Keyin bilsak, bu şartnomalar Yaponiya hukumati tomonidan 5 yil avval bekor qilingan eski şartnoma nusxalari ekan. Biz xayron böldik.
Özbekiston xaqida, uning mehnat potinsiali haqida Yaponiyada malumotlar kam. Hozir qiliş kerak bölgan iş – Özbekistonni tarğib qiliş va ma’lumot almaşiş. Bu mexanizm yaratilmadi. Agar bu yönalişda Özbekiston va yapon kompaniyalari – iş beruvçilar bilan töğri, şaffof aloqalar örnatilsa, yaqin davrda 20 ming özbek Yaponiyada iş bilan ta’minlanişi mumkin”.
Mazkur markazda öqimoqçi bölib, navbatda turganlarga bandlikka kömaklaşiş xodimlari “yöllanma yöq, tepadan töxtatilgan” deb, ularni monomarkazning özida taşkil etilgan yapon kurslarida öqişga yönaltirişyotganlari ma’lum böldi. "Faqat qattiq talab qilganimizda Nippon akademiyasiga yöllanma ololyapmiz", dedi M.Uluğbek tumanida yaşovçi bir fuqaro.
Vazirlikning uşbu ta’lim taşkilotiga öquv xizmatlarini qoplaşda 893 mln söm qarzdorligi ham bor ekan:
Yöllanma bermaslik, pulini bermaslik... Bular xususiy sektorni sindirişdan boşqa narsa emas albatta. Tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş örniga, ularni öziga raqobatçi köriş... Nimalarningdir hidi kelmayaptimi? Ha – korrupsiyaning hidi. 2020-2022 yillar mobaynida bandlik va mehnat tizimida qabul qilingan prezident qarorlaridan bir neçtasi, jumladan 4108, 4829, 5140-sonli qarorlari qöpol ravişda poymol bölayotganini, vazirlik öziga qulay ravişda ularni tatbiq etayotganini kuzatdik. Davlat rahbari imzolagan 4804-sonli qarorining “a” bandida quyidagilar aytilgan:
“Vazirlik doimiy ravişda nodavlat kasb-hunarga öqitiş muassalarini jalb qilib, aholini mehnat bozorida talab yuqori bölgan kasblar, tadbirkorlik asoslari va xorijiy tillarga öqitişni taşkil etsin”
Bunda xususiy sektor imkoniyatlaridan keng foydalaniş uçun bir qança dolzarb vazifalar belgilab berilgan va bu uçun davlat budjetidan 2021 yilda 150 milliard söm ajratilgan.
Savol tuğiladi: nodavlat muassasalarini jalb qilgandan keyin, haqqi tölanmaydimi, pullar qayerga ketyapti? Davlat rahbariga taqdimotlar qilinganda hammasi boşqaça edi.
Biz hali bu mavzuni kengroq va çuqurroq tahlil qilamiz.
Yapon tili va kasbiy malaka markazi rahbariga köra, mazkur körsatuvimiz ommaga taqdim etilgandan keyin, unga nisbatan bosimlar kuçayişi tabiiy, “ammo jim turişim fuqarolik burçimga xiyonat böladi, köp tadbirkorlar aynan bosimlardan qörqib, boşlagan işini “böri”larga yedirib ketaverişadi va şuning uçun buni eşitgan boşqa tadbirkorlar davlat bilan işlaşdan çöçişadi, şuning uçun bizda xususiylaştiriş sust va şuning uçun hukumatga qonun va qarorlarni yaxşi işlata biladigan, vijdonli, şaffof, samaradorlikning muhim körsatkiçlari – SMK asosida işlaydigan rahbar kadrlar arsenali kerak. Xususiy sektorni öziga raqobatçi yoki opponent deb biladigan, közböyamaçi, faqat piar va hisobot uçun işlaydigan davlat taşkilotlarining işlaş mexanizimini qaytadan körib çiqiş kerak” – deydi u.
Xullaskalom, 20 ming özbekistonlikni Yaponiyaga – rivojlangan mamlakatga işga jönatişga imkoniyat paydo böldi va bu imkoniyatni yaratiş uçun kimdir ölib-tirilib harakat qildi, bor imkoniyatlarini, misqollab yiğgan tajribasini, çet elda orttirgan iqtidorli tanişlarini işga soldi, titanik kuç sarfladi, ammo işlar endi yölga qöyilgan paytda, kimdir uning mehnati mahsulini öziga olmoqçi, özi örgangan usullar bilan.
Yaponiya iş bozori esa Özbekiston uçun yopilişi mumkin. “Börilar” sabab...