Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondan eng ko‘p meva va sabzavot sotib olgan davlatlar orasida Qozog‘iston yetakchi bo‘ldi
Foto: Uz24
2022 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston jami 1 milliard dollar hajmidagi meva va sabzavotlarni eksport qildi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistondan o‘tgan 11 oy davomida eng ko‘p meva va sabzavot mahsulotlari eksport qilingan davlatlar ro‘yxatida Qozog‘iston yetakchilik qildi.
Unga ko‘ra, Qozog‘istonga umumiy hajmi 606,6 tonnaga teng o‘zbek meva va sabzavot mahsulotlarini sotib oldi.
Keyingi o‘rinlarda Rossiya (512,5 ming tonna), Qirg‘iziston (146 ming tonna), Xitoy (105,6 ming tonna), Pokiston (51,5 ming tonna), Afg‘oniston (34,8 ming tonna), Belarus (22,8 tonna), Tojikiston (21,5 ming tonna), Turkiya (15 ming tonna), Eron (11 ming tonna), Gruziya (105,5 ming tonna), Ozarboyjon (8,5 ming tonna), Ukraina (7,6 ming tonna), BAA (6 ming tonna) va Germaniya (3,1) qayd etilgan.
Mavzuga oid
17:52
To‘qayev Qozog‘istonda vitse-prezident lavozimini tiklashni taklif qildi
08:29 / 15.01.2026
Qozog‘istonda alkogol savdosini cheklash taklif qilindi
10:04 / 14.01.2026
Qozog‘iston nefti eksportiga bog‘liq tankerlar Qora dengizda nishonga olindi
20:37 / 13.01.2026