Kuleba: Hozir urushni diplomatiya yo‘li bilan to‘xtatib bo‘lmaydi
Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kulebaning fikricha, hozirda Ukrainadagi urushni diplomatik yo‘llar bilan tugatishga erishib bo‘lmaydi.
«Menga diplomatik tashabbuslar orqali tinchlikka erishmoqchi bo‘lganlar yoqadi, chunki men o‘zim diplomatman. Lekin bunday tashabbus qanday amalga oshishi mumkin? Tinchlik bahosi Rossiyaning bosib olingan hududlarda qolishi bo‘lishi kerakmi?» - dedi Kuleba Funke media-guruhi nashrlari va Fransiyaning Ouest-France gazetasiga bergan intervyusida.
«Rossiya bilan har qanday muzokaralar boshida quyidagilar bo‘lishi kerak: Ukrainaning hududiy yaxlitligi to‘liq tiklanishi. Buni muhokama qilib bo‘lmaydi», - dedi u.
Kulebaning so‘zlariga ko‘ra, tinchlik va diplomatiya tarafdorlarining ko‘pchiligi «aslida faqat Ukraina Rossiyadan mag‘lub bo‘lishini xohlaydi».
Mavzuga oid
11:00
RFda Ukrainaga qarshi urush qatnashchilari imtiyozli ipotekani ololmaydi
08:43
Ukraina MV demobilizatsiya to‘g‘risidagi qonunni tayyorlashni kechiktirishni so‘radi
22:34 / 24.12.2024
Rossiya–Ukraina urushi tugaydimi? Putin nimani xohlaydi?
20:22 / 24.12.2024