Jahon | 08:00 / 01.06.2023
6539
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Ukrainaga yangi yordam paketini e’lon qildi

Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukrainaga yangi harbiy yordam paketi doirasida Patriot zenit-raketa komplekslari va HIMARS yalpi o‘t ochish reaktiv tizimlari uchun o‘q-dorilar, shuningdek, havo hujumidan mudofaa tizimlari beradi, deya ma’lum qildi AQSh Milliy xavfsizlik kengashi matbuot kotibi Jon Kirbi. 

Foto: US Army

Ushbu paketning bir qismi sifatida biz Ukrainaga Patriot uchun qo‘shimcha o‘q-dorilar, shuningdek, ko‘proq Avenger va Stinger havo mudofaa tizimlari va HIMARS uchun o‘q-dorilar, artilleriya, tankka qarshi qurollarni yetkazib beramiz, dedi u Oq uydagi brifingda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, gap Ukrainaga 39-yordam paketi haqida ketmoqda, buning uchun qurollar Amerika arsenallaridan olinadi. 

Aprel oyi oxiriga kelib, AQShning Ukrainaga bergan harbiy yordami umumiy qiymati qariyb 36 milliard dollarni tashkil qilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid