Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim talabalar uchun kontrakt to‘lash muddati 10 iyungacha uzaytirildi
Bu muddat to‘lov-kontrakt jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-kurslar), o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan), qayta tiklangan talabalar uchun taalluqli.
Foto: KUN.UZ
Ayrim toifadagi talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2023 yilning 10 iyun (shu kuni ham) etib belgilandi.
Bu muddat bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida tahsil olayotgan quyidagilarga taalluqli:
- to‘lov-kontrakt jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-kurslar);
- o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan);
- qayta tiklangan talabalar uchun.
Kollej va texnikumlarga o‘quvchilikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-bosqich o‘quvchilari) uchun ham muddat 10 iyunga qadar uzaytirildi (2023 yil 15 martdan keyin kontraktini to‘laganlarning to‘lovi ham inobatga olinadi).
Yuqori bosqich (2- va undan yuqori kurs) talabalari uchun kontrakt to‘lash muddatini uzaytirish OTM rektor (direktor)larining vakolatiga berilgan.
Mavzuga oid
15:20
Tibbiyot xodimlari farzandlariga kontraktning 30 foiz qismi qoplab beriladi
10:34 / 21.11.2025
Ayrim yoshlarning to‘lov-kontrakt summasi bir qismi qoplab beriladi
18:43 / 23.09.2025
Magistr ayollar kontrakt to‘lovini davlat budjetidan qoplash bo‘yicha ariza berish muddati uzaytirildi
15:51 / 22.09.2025