22:39 / 20.06.2023
37807

CAFA Nations Cup. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, turnir g‘olibiga aylandi

Ilk bor milliy jamoalar o‘rtasida o‘tkazilgan CAFA Nations Cup turniri yakuniga yetdi. 

Foto: Kun.uz

20 iyun kuni futbol bo‘yicha CAFA Nations Cup—2023 finalida O‘zbekiston milliy jamoasi Eronga qarshi bahs olib bordi.

O‘yinning birinchi bo‘limida darvozalar daxlsiz qoldi. Ikkinchi bo‘limning boshidayoq hisob ochildi. Eronliklar hujumchisi Sardor Ozmun O‘tkir Yusupov darvozasini ishg‘ol qildi. 90-daqiqada esa eronliklar vakili Muhammad Kanani qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. O‘yinda hisob o‘zgarmay qoldi mezbonlar ilk bor o‘tkazilgan CAFA Nations Cup—2023 turnirida ikkinchi o‘rin bilan kifoyalandi. Oldindan favorit sanalgan Eron musobaqa g‘olibiga aylandi.

3-o‘rin uchun kechgan to‘qnashuvda esa Ummon Qirg‘izistondan minimal hisobda ustun keldi. 

CAFA Nations Cup. Final. 
O‘zbekiston — Eron 0:1

«Bunyodkor» stadioni, 20 iyun
Gol: Ozmun (48). 
O‘zbekiston — O‘tkir Yusupov,. Hojiakbar Alijonov (Jasur Yaxshiboyev, 90+4), Farrux Sayfiyev, Otabek Shukurov, Odil Hamrobekov, Jaloliddin Masharipov (Abbos Fayzullayev, 71), Oston O‘runov, Sherzod Nasrullayev (Hojimat Erkinov, 78), Eldor Shomurodov, Umar Eshmurodov, Abdulla Abdullayev.
Eron — Alirizo Beyranvand (Said Niyozmand, 11), Ehson Hoji Safiy, Said Izzatullohiy, Murtazo Puraliganjiy, Mahdi Torimiy, Muhammad Kanoniy, Ro‘zbeh Chashmiy, Mahdi Gayediy (Vohid Amiriy, 46), Muhammad Muhabbi, Sardor Ozmun (Said Karimiy, 75), Ramin Rizoyan. 
Ogohlantirishlar: Hamrobekov (39), Torimiy (42), Kanoniy (66), Shukurov (90+3), Eshmurodov (90+3). 
Chetlatish: Kanoniy (90+1). 

3-o‘rin uchun
Qirg‘iziston — Ummon 0:1

20 iyun, «Paxtakor» stadioni
Gol: Al Alavi (71).
Qirg‘iziston — Tokotayev, Kichin, Kozubayev, Brauzman, Murzayev (Batirxanov, 72), Abdurahmonov, Mamiraliyev, Aliqulov (Kojo, 72), Jirgalbek (Merk, 81), Atabayev (Rustamov, 46), Shukurov. 
Ummon — Al Muhayni, As Sa’di, Al Alavi (Mamari, 75), Al Hamisi, Favaz (Al Yahmadi, 46), Al G‘assani (As Sobhi, 46), Ahmad Xalifa, Xolid Nosir Al Brayki, Mushaifri (Al Habsi, 90+1), Al Yaxyoyi, Al Mushaifri.
Ogohlantirishlar: Al G‘assani (26), Hamisi (28), Rustamov (56), Mamiraliyev (61), Al Yahyoyi (89).

Top