Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya chet ellik ishchilar uchun kvotalar sonini oshirdi
2023 yilda mamlakat xorijdan 30 ming nafar ishchini jalb qilmoqchi.
Foto: Reuters
Janubiy Koreyada xorijiy malakali ishchilar uchun kvotalar soni 15 barobarga oshirilib, 30 mingga yetkazildi. Sababi - kadrlar tanqisligi, deb yozdi Reuters.
28 iyun kuni hukumat yig‘ilishida Janubiy Koreya adliya vaziri Xan Don Xun shunday qaror qabul qilinganini aytdi. Tanqislik asosan ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida kuzatilmoqda.
Janubiy koreyalik yoshlar bu sohalarda ishlashga intilmaydi, shuning uchun hukumat chet elliklarni faol ravishda jalb qilmoqchi.
Xorijlik ishchilar uchun mo‘ljallangan «E-7-4» kvota dasturi 2017 yilda joriy qilingan va dastlab 300 tani tashkil qilgan edi. 2022 yilda uning miqdori 2000 taga oshirildi. 2023 yilda hukumat 5000 ta kvota ajratishni rejalashtirgan edi, biroq ishchi kuchi yetishmasligi sababli qaror o‘zgartirildi.
Janubiy Koreya Adliya vazirligi ham viza olish mezonlari yumshatilishini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
13:42 / 16.01.2026
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti besh yilga qamaldi
20:02 / 15.01.2026
O‘zbekiston fuqarolarini xorijda ishga joylashtirishni kengaytirmoqchi
23:02 / 13.01.2026
Prokurorlar Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun uchun o‘lim jazosini so‘radi
16:33 / 06.01.2026