O‘zbekiston | 10:49 / 04.07.2023
7812
1 daqiqa o‘qiladi

Tog‘li hududlarda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

Foto: Kun.uz

Joriy yilning 5-7 iyul kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Jumladan:

  • Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Pskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
  • Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
  • Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
  • Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod shahrida sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolardan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘ralgan.

Mavzuga oid