15:30 / 05.07.2023
16417

«MYu» yozgi dastlabki transferini e’lon qildi

«Chelsi» klubi va Angliya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Meyson Maunt «Manchester Yunayted»ning yozgi transfer oynasida dastlabki transferiga aylandi.

Foto: Getty Images

Klub rasmiy sayti xabariga ko‘ra, «MYu» angliyalik 24 yoshli xavbek bilan 5 yillik – 2028 yilgacha shartnoma imzolagan. 

«Futbolchi sifatida ulg‘aygan jamoangni tark etish oson emas, ammo «Manchester Yunayted» kareramning yangi bosqichida men uchun yangi chaqiruvga aylanadi. «Yunayted»ga qarshi o‘ynaganman va bu jamoa qanchalik kuchli ekanini bilaman. Bu klubning bir qismiga aylanishni sabrsizlik bilan kutyapman va ishonamanki, biz sovrinlarni yutish uchun kurashamiz», - deydi Maunt.

Foto: Getty Images

Insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, manchesterliklar Maunt transferi uchun 55 million funt to‘laydi. Bonuslar bilan transfer qiymati 60 mln funtga yetishi mumkin. Meysonning yangi klubidagi haftalik maoshi 250 ming funtni tashkil etishi xabar qilingandi.

Ma’lumot uchun, Maunt «Chelsi» tarbiyalanuvchisi sanaladi. U o‘tgan mavsum APLda 24 o‘yinda 3ta gol va 2ta assist, YeChLda esa 9 o‘yinda maydonga tushgan.

Mavzuga oid
Top