Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda afg‘onistonlik bitiruvchilarning 111 nafariga bakalavr diplomlari topshirildi
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida “O‘zbek tili va adabiyoti” yo‘nalishida tahsil olgan 103 nafar bitiruvchilarga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining hamda “Yerusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi” yo‘nalishida tahsil olgan 8 nafar talabaga Toshkent davlat transport universitetining bakalavr diplomlari tantanali ravishda topshirildi.
Tantanali tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari, Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi direktori, Afg‘onistonning Termiz shahridagi Bosh konsuli va professor-o‘qituvchilar hamda afg‘onistonlik talabalar ishtirok etishdi.

Afg‘onistonlik talaba yoshlarga 4 yil davomida markaz o‘qituvchilari va Toshkent davlat transport universiteti hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining professor-o‘qituvchilari dars berishdi.

O‘qishni tamomlagan afg‘on yoshlari endilikda o‘z mamlakati taraqqiyoti uchun ushbu sohalarda mehnat qiladi.
Mavzuga oid
21:38 / 27.12.2025
Afg‘oniston Tojikiston bilan chegaradagi voqealar bo‘yicha tekshiruv boshladi
13:38 / 26.12.2025
Afg‘oniston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik kengaytiriladi
17:50 / 25.12.2025
Afg‘on chegarasidagi otishmada tojikistonlik harbiylar halok bo‘ldi
13:46 / 19.12.2025