10:22 / 15.07.2023
10915

O‘zbekistonda ayollar va erkaklarning o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi ma’lum qilindi

Foto: KUN.UZ

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasining 6 yil davomida rivojlanish dinamikasini tahlil qildi.

Qayd etilishicha, o‘tgan 6 yil davomida sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmi 2,1 marta o‘sib, 1,7 trln so‘mdan 6,4 trln so‘mga yetdi. 

2017 yilda O‘zbekistonda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 73 yoshni tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yilga kelib bu ko‘rsatkich 74 yoshga yetdi. Jumladan, ayollarning o‘rtacha umr davomiyligi 77 yosh, erkaklarniki 72 yoshni tashkil etgan.

2017-2022 yillarda shifoxonalar soni 187 taga yoki 2017 yilga nisbatan 16 foizga ortib, 2022 yilda 1 322 taga yetdi, shifoxonalardagi o‘rinlar soni esa 2017 yildagi 135,7 mingdan 170 mingga yoki 25 foizga oshdi.

Mavzuga oid
Top