13:00 / 19.07.2023
5160

Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi

FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, 19 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:26da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. 

Zilzila koordinatalari: 36,69 gradus shimoliy kenglik; 69,88 gradus sharqiy uzunlik. 

Magnituda M=5,4. Chuqurlik 227 km. Zilzila episentri Toshkentdan 512 km janubi-sharqda.

  • O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
  • Surxondaryo viloyatida 3 ball, 239 km;
  • Samarqand viloyatida 2-3 ball, 416 km;
  • Jizzax viloyatida 2-3 ball, 421 km;
  • Qashqadaryo viloyatida 2-3 ball, 432 km;
  • Sirdaryo viloyatida 2-3 ball, 433 km;
  • Farg‘ona viloyatida 2-3 ball, 442 km;
  • Andijon viloyatida 2 ball, 503 km;
  • Namangan viloyatida 2 ball, 504 km;
  • Toshkent shahrida 2 ball, 511 km.
Top