08:11 / 20.07.2023
4635

Latviya O‘zbekistonda fosforitni qayta ishlash zavodini ochmoqchi

O‘zbekiston elchisi Qadamboy Sultonov Latviyaning BAO kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Yanis Vilgers bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Dunyo

Suhbat chog‘ida Yanis Vilgers «Fosforitni qayta ishlash va boyitish zavodini qurish» qo‘shimcha loyihasini amalga oshirish orqali O‘zbekistonga investitsiyalar hajmini oshirishga tayyorligini bildirdi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, zavod qurilishi 12 million dollarga baholangan bo‘lib, buning barchasi to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy sarmoyalar orqali qoplanadi.

Yanis Vilgers bilan uchrashuv yakunlari natijasida uning 19-21 iyul kunlari O‘zbekistonga biznes missiyasini tashkil etish hamda respublikaning tegishli vazirlik va idoralari mas’ul vakillari bilan muzokaralarini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

BAO kompaniyasi 1995 yilda tashkil etilgan. U xavfli chiqindilarni yig‘ish, ishonchli tashish va yo‘q qilish, atrof-muhitga yetkazilgan zararni maksimal darajada kamaytirish bilan bog‘liq xizmatlarning to‘liq siklini ta’minlovchi eng yirik Latviya kompaniyalaridan biridir. Ayni paytda kompaniya O‘zbekistonda fosforitlarni o‘zlashtirish bo‘yicha umumiy qiymati 30 million dollarlik investitsiya loyihasini amalga oshirmoqda.

Top