Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
CAFA Futsal Cup 2023. O‘zbekiston Eronga yirik hisobda yutqazdi
Tojikiston poytaxti Dushanbeda CAFA Futsal Cup-2023 turniri 4-turi doirasida O‘zbekiston hamda Eron milliy jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi.
Foto: O‘FA
Bahodir Ahmedov shogirdlari musobaqadagi to‘rtinchi o‘yinida turnirdagi 2-mag‘lubiyatni tan oldi. Guruh peshqadami Eronga qarshi bahsda vakillarimiz yirik – 5:0 hisobida mag‘lub bo‘lishdi.
Shu tariqa, Eron 9 ochko bilan guruhda peshqadamlikni mustahkamladi. O‘zbekiston esa 6 ochko bilan, hozircha 4-o‘ringa tushdi. Turnirning so‘nggi o‘yinida vakillarimiz Qirg‘izistonga qarshi parketga tushadi.
CAFA Futsal Cup 2023. 4-tur. Dushanbe.
Eron – O‘zbekiston – 5:0
Gollar: Ali Halilvand 2ʼ, 35ʼ, Ali Akrami 4ʼ, Akbar Usmonov (avtogol) 8ʼ, Amir Husayn 33ʼ.
O‘zbekiston: 1.Ravshan Eliboyev, 4.Ixtiyor Ropiyev, 6.Ilhom Hamroyev, 8.Husniddin Nishonov, 10.Davron Choriyev.
Zaxira tarkibi: 12.Abbos Elmurodov, 3.Mashrab Odilov, 2.Xushnur Erkinov, 5.Sunnatilla Jo‘rayev, 11.Akbar Usmonov, 14.Jamshid Rahmatullayev, 7.Dilshod Rahmatov, 9.Avazbek Abduvaliyev, 13.Abdulla Solihov.
Mavzuga oid
21:42 / 21.12.2025
O‘zbekistonda 9 oyda eng ko‘p chaqaloq Samarqand viloyatida tug‘ilgan
23:40 / 20.12.2025
Netanyahu Tramp bilan Eronga yana hujum qilish masalasini muhokama qilmoqchi
22:17 / 17.12.2025
O‘zbekiston dunyoda sayyohlar oqimi eng tez o‘sayotgan mamlakatlar qatoriga kirdi
19:32 / 15.12.2025