O‘zbekiston | 16:29 / 28.07.2023
4370
4 daqiqa o‘qiladi

RG Brands: “Iste’molchi farovonligi biz uchun muhim”

​​

Foto: RG Brands

RG Brands – ichimliklar ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi kompaniya hisoblanib, asosiy vazifasi iste’molchilarni doimiy ravishda yuqori sifatli mahsulotlar bilan ta’minlashdan iborat. Shu maqsadda kompaniya innovatsion texnologiyalarni rivojlantirib, xalqaro standartlarga qat’iy rioya qiladi. O‘z mahsulotlari sifatiga ishongan holda mahalliy va xalqaro iste’molchilarning turli xil ta’m bilan bog‘liq xohishlarini qondiradi.

Foto: RG Brands

Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun ilg‘or texnologiyalarni qo‘llab, jahon yetakchilari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Shu bilan birga, ilg‘or tajriba va sifat standartlaridan foydalangan holda, RG Brands mahsulotlari har yili jahonga mashhur auditorlik institutlarining sertifikatlari bilan tasdiqlanadi. Ishlab chiqaruvchi zavod yuqori toifali yetkazib beruvchilar tomonidan ta’minlangan — yangi avlod uskunalari bilan jihozlangan, bular qatoriga: Krones, KHS, Sidel, Van Der Mollen, Berkefeld, Tetra Pak — ishlab chiqarishni to‘liq avtomatlashtirishni ta’minlaydi.

2010 yildan buyon kompaniya A’SU suvini ishlab chiqaradi va suvning tarkibi hamda ta’miga alohida e’tibor beradi. Tajribali mutaxassislar va degustatorlar suvning formulasi, ta’mi va sifatini yaxshilash ustida doimiy ish olib borishadi. A’SU tog‘ minerallarining noyob muvozanati bilan boyitilgan bo‘lib, inson organizmi tomonidan to‘liq so‘riladi. Xushta’m suvda o‘ziga xos ta’m va xushbo‘ylik beradigan tabiiy ingrediyentlar mavjud.

Foto: RG Brands

Kompaniya Markaziy Osiyodagi eng ilg‘or va zamonaviy zavodlardan biri bo‘lgan “Aksengir” markazida A’SU suvini ishlab chiqaradi. Suv ishlab chiqarishning butun jarayoni davomida mutaxassislar mahsulot sifatini doimiy ravishda va sinchkovlik bilan nazorat qiladilar. Zavodda uch xil turdagi oltita laboratoriya ish yuritadi: analitik, kirish nazorati va mikrobiologik. Ularning barchasi eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan. Laboratoriya mutaxassislari har o‘n besh daqiqada, har bir ishlab chiqarish liniyasidan bitta plastik idishli mahsulotni olib, tanlangan namunalarni jahon oziq-ovqat mahsulotlari uchun qoidalarda qabul qilingan bir qator parametrlarga muvofiqligini tekshiradilar.

Foto: RG Brands

PET plastik idishlar ham zavodning o‘zi ishlab chiqaradi, buning uchun qo‘shni davlatlar qoliplaridan foydalaniladi. Amaldagi xomashyo ekologik toza, suvning ta’mi, rangi, hidi yoki tarkibiga ta’sir qilmaydi. Barcha idishlar suv bilan to‘ldirishdan oldin sterilizatsiyadan o‘tadi. Ikkilamchi plastik idishlar endi ishlatilmaydi, balki qayta ishlashga yuboriladi.

Mijozlar talablarini qondirish maqsadida brend mahsulotlarini doimiy ravishda takomillashtirish uchun tinmay mehnat qilmoqda.

RG Brands tamoyillari yuqori korporativ mas’uliyatga asoslanib ish yuritadi. Kompaniyaning ustuvor vazifalaridan biri iste’molchi bilan muloqot qilishdir, chunki iste’molchi va uning farovonligi haqida g‘amxo‘rlik qilish kompaniya rivojlanishining asosidir. Kompaniya har doim fikr-mulohazalar uchun ochiqmiz. Barcha savollarga 1309 raqamli ishonch telefoni orqali javob olish mumkin.

Reklama

Mavzuga oid