16:52 / 28.07.2023
15850

Saudiya Arabistoni klubi Mahrez transferini e’lon qildi

«Manchester Siti» yarimhimoyachisi Riyod Mahrez Saudiya Arabistoni klubiga ko‘chib o‘tdi.

Foto: Al-Ahli

Jidda klubi rasmiy sayti xabariga ko‘ra, jazoirlik 32 yoshli vinger uchun «Al-Ahli» «Manchester Siti»ga 30 million funt to‘laydi. Mahrez va yangi klubi o‘rtasida 4 yillik – 2027 yilning iyun oyiga qadar shartnoma imzolangan.

Avvalroq, «Siti» Mahrez bo‘yicha 18+5 mln yevrolik taklifni rad etgandi. Riyod Manchester klubida 5 mavsum davomida to‘p surib, 4 karra APL chempioni va YeChL g‘olibi bo‘ldi. 

Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni chempionati debyutanti bungacha «Chelsi» darvozaboni Eduar Mendi va «Liverpul» forvardi Roberto Firmino bilan shartnoma imzolagan edi.

Top