O‘zbekiston | 09:46
872
1 daqiqa o‘qiladi

Qatardagi o‘zbekistonliklar Saudiya orqali evakuatsiya qilindi

Yaqin Sharqdagi keskin vaziyat va ayrim davlatlar havo hududlarining yopilishi sababli Qatarda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilish ishlari tashkil etildi.

Foto: "Dunyo" AA

Ma’lum qilinishicha, vatandoshlar avtobuslarda Saudiya Arabistoni hududiga olib o‘tilgan. Shundan so‘ng ular Ar-Riyod shahridagi Qirol Xolid xalqaro aeroporti orqali maxsus reys bilan O‘zbekistonga jo‘natildi.

Natijada 202 nafar O‘zbekiston fuqarosi Toshkent shahriga sog‘-omon yetib keldi.

Qayd etilishicha, mintaqadan O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilish ishlari davom etmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid