17:57 / 30.07.2023
7987

Gvardiola: «Saudiya Arabistoni transfer bozorini o‘zgartirib yubordi»

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola Saudiya Arabistoni klublarining transfer oynasidagi ta’siri haqida gapirdi.

Foto: Reuters

«Saudiya Arabistoni transfer bozorini o‘zgartirib yubordi. Bir necha oy oldin Ronaldu bu chempionatga ko‘chib o‘tganida hech kim top-futbolchilarning qatorasiga Saudiya Arabistoniga yo‘l olishini kutmagandi. 

Yaqin yillarda bunday o‘yinchilar soni ko‘payaveradi, shu bois klublar bu masalada jiddiyroq bo‘lishiga to‘g‘ri keladi. Mahrez aqlbovar qilmas taklif oldi, shu bois unga «bunday qila ko‘rma», deya olmadik.

Bunday katta takliflar Yevropa klublariga tahdid emas, real holat. Saudiyaliklar kuchli ligani yaratishmoqchi. Ular qayergacha bora olishadi bilmayman, ammo ko‘rinishidan maqsadlari jiddiyga o‘xshamoqda. Futbolchilar ham bunday imkoniyatni qo‘ldan chiqarmaslikka intilmoqda», - deydi ispaniyalik mutaxassis BBC bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni chempionati debyutanti «Al-Ahli» klubi Mahrez transferi uchun «Manchester Siti»ga 30 million funt to‘lab, Riyod bilan 4 yillik shartnoma imzolagandi. Jazoirlik vinger Jidda klubida yillik 50 million yevro maosh oladi.

Top