Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston 11 ta davlatga qariyb 80 ming tonna qovun sotdi
O‘zbekiston 11 ta davlatga qovun eksport qilgan.
Foto: Kun.uz
O‘zbekiston 2023 yilning yanvar-iyun oylarida 11 ta davlatga qiymati 16,7 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 79,9 ming tonna qovun eksport qilgan.
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, qovun eksporti hajmi 2022 yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 16,8 ming tonnaga oshgan.
O‘zbekiston 2023 yilning 6 oyida eng ko‘p qovun eksport qilgan davlatlar orasida Qozog‘iston yetakchilik qilyapti – 35,7 ming tonna.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
Rossiya – 29,3 ming tonna;
Qirg‘iziston – 12,6 ming tonna;
Belarus – 1,3 ming tonna;
Tojikiston – 664 tonna;
Mo‘g‘uliston – 143 tonna.
Mavzuga oid
10:41 / 16.01.2026
O‘zbekiston olmasi eksportida asosiy ulush ikki davlat hissasiga to‘g‘ri keldi
12:34 / 15.01.2026
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Iroqqa eksport qilinadi
14:00 / 05.01.2026
Suriyaga o‘zbek mahsulotlarini eksport qilish boshlanadi
11:30 / 05.01.2026