Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy Osiyo va YeI Transkaspiy yo‘lagi bo‘yicha hamkorlikning yangi shakllarini ishlab chiqmoqchi
Transkaspiy transport yo‘lagi orqali yuk tashuvlarini rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi.
Foto: Transport vazirligi
Joriy yilning 14 avgust kuni Transport vazirligida AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi siyosiy-iqtisodiy bo‘limi hamda USAID loyihasining «O‘rta Osiyoda savdo-sanoat» yo‘nalishi vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda Yevropa va Osiyo o‘rtasida xalqaro savdoni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish va farovonlikni ta’minlashda transport va logistikaning muhim roli alohida ta’kidlab o‘tildi.
Shu munosabat bilan tomonlar Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida intermodal va multimodal transchegaraviy va tranzit transport xizmatlari ko‘rsatishni rivojlantirish masalasini ko‘rib chiqdi.
Bundan tashqari, Transkaspiy yo‘lagi bo‘ylab o‘zaro hamkorlikning yangi shakllarini yaratish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Mavzuga oid
09:35
YeI aviaregulyatori aviakompaniyalarni Eron ustida uchmaslikka chaqirdi
13:29 / 14.01.2026
Eronda qurbonlar soni o‘smoqda: YeI va Britaniya sanksiyalarni kuchaytirishga tayyorlanyapti
11:51 / 08.01.2026
Germaniya IIV rahbari: Kiyev YeIga erkaklar oqimini qisqartirishi kerak
20:35 / 04.01.2026