Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Roskosmos» «Luna-25» stansiyasining qulashi sabablarini tushuntirdi
Bunga dvigatel o‘chirilgan paytdagi nosozlik sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Foto: Roskosmos
Rossiya davlat kosmik agentligi (Roskosmos) bosh direktori Yuriy Borisov «Rossiya-24» telekanaliga bergan intervyusida «Luna-25» stansiyasining Oyga qulab tushish sabablarini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunga dvigatel o‘chirilgan paytdagi nosozlik sabab bo‘lgan.
«Yo‘nalishni korrektirovka qilishdan oldin soat 14:10 da apparat dvigatellari ishga tushirildi. Ular apparatni qo‘nish orbitasiga chiqarishi lozim edi. Afsuski, dvigatelning o‘chirilishi siklogramma bo‘yicha emas, balki vaqt bo‘yicha yuz berdi. Oqibatda, dvigatellar 84 soniya o‘rniga 127 soniya ishladi. Bu apparat avariyasining asosiy sababi bo‘ldi», dedi u.
Parvoz dasturiga muvofiq 19 avgust kuni «Luna-25» kosmik kemasi qo‘nishidan oldin elliptik orbitasini shakllantirish uchun impuls berildi. «Roskosmos» ma’lumotlariga ko‘ra, Moskva vaqti bilan taxminan 14:57 da «Luna-25» kosmik apparati bilan aloqa uzilib qoldi.
Taxminlarga ko‘ra, u Oy yuzasiga qulagan.
Mavzuga oid
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025
Germaniya Boltiq dengizidagi Rossiya samolyoti tufayli qiruvchilarini havoga ko‘tardi
12:25 / 22.09.2025